Avstraliya politsiyasi qiymati 900 million dollarga teng giyohvand moddalarni qo'lga tushirganini ma'lum qildi. Bu Avstraliya tarixida kuzatilgan giyohvandlikka qarshi eng katta amaliyot ekani aytilmoqda.
720 litrlik metamfetamin suyuqligi o'tgan oyning dekabrida Sidneydagi bir necha omborxonada aniqlangan edi. Ushbu modda Avstraliyada "muz" nomi bilan tanilgan. U Xitoydan keltirilgan mollar orasiga yashirilgani aytilmoqda.
Reyd natijasida to'rt Xitoy fuqarosi qo'lga olingan. Ularga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.