Prezident Barak Obama 2014-yil byudjeti loyihasini Kongressga taqdim etdi. Rejaga ko’ra, badavlat amerikaliklar va kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari kesilishi yoki umuman bekor qilinishi, yoshi ulug’ amerikaliklar uchun zarur ijtimoiy va tibbiy himoya dasturlari qisqarishi mumkin. Oq uy bu bilan kelasi 10 yilda kamomadni ikki trillion dollarga kamaytirmoqchi, ammo ayrimlar nazarida. Obama rejasi ba’zilarga og’ir keladi.
Amerikada 58 million odam ijtimoiy himoya dasturlaridan foydanaladi. Aksariyati maoshga yashaydi.
Key Dennison Merilend shtatidagi qariyalar uyida yarim stavkada ishlaydi.
“Hamma narsa qimmatlashmoqda. Nima qilishga ham hayronsan, kishi”, - deydi u.
Agar davlatdan olayotgan yordam puli inflyatsiyaga qarab belgilanmasa, Key hayoti qiyinlashishidan xavotirda.
“Uyimni qo’ldan boy berishim mumkin. Kredit foizi yuqori, to’lovlarni bazo’r yetkazyapman. 40 yil bo’ldi, hali uyimizning pulini to’lab bitirganimiz yo’q”, - deydi Key.
Davlat yordam miqdorini inflyatsiyaga to’g’rilab turadi. Ammo Obama byudjetida buni cheklash taklif qilingan. Hukumat buning natijasida 10 yilda 130 milliard dollar tejamoqchi. Biroq nafaqaxo’rlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot hisobicha, yangi rejaga ko’ra o’rtacha nafaqaxo’r oladigan pul birinchi besh yildan so’ng yiliga 220 dollar, 20 yildan keyin esa yiliga 862 dollarga kamayishi mumkin.
Vashingtondagi Iqtisodiy siyosat instituti eksperti Monik Morisining aytishicha, usiz ham oz imtiyozlarni qisqartirish kam daromadli amerikaliklarning ahvolini yanada qiyinlashtirishi mumkin.
“Qariyalar orasida qashshoqlik darajasi yuqori, daromadlari kam. Ayrimlari to’plab qo’ygan pullarini sarflab bo’lgan, tibbiy xizmatlarga yonidan ko’p to’lashadi. Bu toifa uchun imtiyozlarni umuman kesib bo’lmaydi”, - deydi mutaxassis.
Amerikada qariyalar soni borgan-sari oshar ekan, ijtimoiy himoya dasturidan tobora ko’p pul sarflanmoqda. Konservativ iqtisodchilar nazarida, dasturni ushlab turish uchun uni qisqartirish zarur.
“Federal byudjet guruhi” deb nomlanuvchi tashkilot eksperti Charlz Kenigsbergning aytishicha, amerikaliklar dasturga to’lov miqdorini oshirmasa, imtiyozlar ham kam bo’ladi.
“Muammoni bartaraf etish uchun erta chora ko’ra boshlash kerak. Qancha ko’p kutsak, uni hal qilish shuncha qiyinlashadi, chunki vaqt o’tishi bilan xarajatlar ko’payib boraveradi”, - deydi Kenigsberg.
Sobiq o’qituvchi Virjiniya Levining vaziyati boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq. Ijtimoiy himoya cheklaridan tashqari u pensiya ham oladi.
“Kelajak avlod uchun xavotirdaman, ularning holi nima kechadi? Farzandlarimning yoshi 40 da. Nafaqaga chiqqach, nima bo’larkin? Ijtimoiy himoya imtiyozlari hozirga qaraganda ancha kam bo’ladi”, - deydi u.
Iqtisodchi Monik Morisining aytishicha, Obama taklif qilayotgan o’zgarishlar barcha amerikaliklarga birday ta’sir qiladi.
“Odamlar ijtimoiy himoyani faqat qariyalar uchun deb o’ylaydi, ammo qisqarishi kutilayotgan imtiyozlarni hozirgi yoshlar yillar o’tib oladiku axir. Yashash minimum miqdorini inflyatsiyaga bog’lamaslikdan yoshlar ham, qariyalar ham birday zarar ko’radi”, - deydi ekspert.
Prezident o’z byudjet loyihasida tibbiy yordam dasturini kesishni, boylarga imtiyozlarni bekor qilishni ham taklif qilmoqda. Ammo qonunchilar kelasi yili bo’ladigan Kongress saylovlarini hisobga olib, unga tuzatishlar kiritishi aniq.

Your browser doesn’t support HTML5