Yaqinda AQShda federal hukumat sarfiyatini kamaytirish to’g’risidagi qaror kuchga kirdi. Kelasi oylarda 85 milliard dollarga teng dasturlar qisqaradi. Sekvestr deb atalmish bu jarayondan hukumatning hech bir idorasi chetda qolmaydi, 1-apreldan ko’plab xodimlar to’lovsiz ta’tilga chiqishga majbur.
Yaqin kunlarda AQSh aeroportlaridan uchish-qo’nish jiddiy muammoga aylanishi mumkin.
Aprel oyida kuchga kiradigan sekvestr, ya’ni byudjet qisqarishlari oqibatida reyslar kamayishi kutilmoqda, deydi AQSh Transport vaziri Rey Laxud:
“Ishchilarimiz haqida gap ketayapti, bu albatta og’riqli masala. Ammo yo’lovchilarga ta’siri yanada jiddiyroq bo’ladi”.
Aeroportlarda ishchilar soni kamayadi. Samolyotga chiqish uchun xavfsizlik va boj tekshiruvidan o’tayotganda uzoq navbatda turishga to’g’ri keladi.
Byudjet qisqarishi natijasida parvozlar xavfsizligini ta’minlovchi nozirlar ham to’lovsiz ta’tilga chiqariladi. Bu Vashingtondagi kabi gavjum aeroportlar jadvali keskin o’zgaradi degani.
Harakatini nazorat qilib, uchuvchilarga yo’l ko’rsatib turadigan operatorlar kamaysa, reyslar o’rta hisobda 1,5 soatga kechikadi, deydi Mett Berd, Havo nazoratchilari uyushmasi vakili:
“Kuzatuv minorasida xodimlar muayyan sonda bo’lishi shart. Odamlarni ishdan bo’shatishga majbur bo’lsak, qatnov ham kamayadi”.
Marion Bleyki Vashingtondagi Aeronavtika sanoati uyushmasini boshqaradi. Sekvestrning mudofaa bilan bog’liq loyihalarga ta’siri haqida u shunday deydi:
“Mazkur qonun kuchda qoladigan bo’lsa, 2013 va 2014-yillarda ikki milliondan ziyod ish joylarini boy beramiz. Mamlakat yalpi ichki mahsulotiga bu jiddiy zarba bo’ladi”.
“Havo qatnovini izdan chiqaradigan har qanday muammo iqtisodning ham beliga tepadi. Bekor qilish kerak bu qonunni,” - deydi Virjiniya senatori Tim Keyn.
U va Kongressning boshqa a’zolari avtomatik qisqartirishlarni bas qilishga chaqiryapti. Merilenddan qonunchi Jon Sarbeyns deydiki, Baltimor aeroportida 94 ming kishi ishidan ayrilishi mumkin.
“Afsuski, sekvest haqidagi qonun shuni talab qilayapti, aeroportlarda iqtisodiy faoliyat sustlashishi aniq. Vaqt o’tgan sari bu o’zgarishlarning salbiy oqibatlari tobora ko’proq bilina boshlaydi, tadbirkorlar, bizneslar, hamma zarar ko’radi”.
Shunga qaramay, rasmiylarning ishontirib aytishicha, aeroportlarda xavfsizlik hozirgidek a’lo darajada ta’minlanishda davom etadi.