Breaking News

AQSh yangi moliya vaziri oldida murakkab vazifalar


Prezident Barak Obama moliya vaziri lavozimiga hozirda Oq Uy boshqaruvchisi bo’lgan Jek Lu nomzodini ko’rsatmoqda. Tahlilchilar deydiki, Lu AQSh byudjetini ipidan ignasigacha biladi, lekin mamlakat moliyaviy yuragi – Uoll Stritda yetarli tajribaga ega emas.

AQShda moliya vaziri o'zgaradi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00
Yuklab oling

Jek Lu nomzodi Senat tasdig’idan o’tsa, mamlakat yuzlashayotgan muammolarni zudlik bilan hal etishga kirishadi: iqtisodiy o’sish, ishsizlik, soliqlar. Byudjet ustida kelisha olmayotgan Kongress va Oq Uy bilan til topishishi kerak.

Lu nomzodini e’lon qilar ekan, Barak Obama prezident Bill Klinton ma’muriyatida u davlat byudjeti uchun mas’ul bo’lganini eslatdi.

“Jek Lu o’sha davrda qatorasiga uch marta byudjet profitsitini ta’minlagan. Defitsitni kamaytiraylik deyayotganlar - mana uch marta buning uddasidan chiqqan nomzod sizga”, - deydi Obama.

Ayrim respublikachilar nazarida Lu muzokaralarda yon beradigan odam emas.
Iqtisodchi Gennadiy Goldberg deydiki, aksincha, Lu byudjetni shu qadar yaxshi tushunadiki, murosa qilish oson bo’ladi.

“Byudjetni ipidan ignasigacha biladigan arbob u, shuning uchun lavozimga juda loyiq. Hammani tashvishlantirayotgan masala aynan byudjetku hozir”, - deydi Goldberg.

Avvalgi moliya vazirlaridan farqli ravishda, Jek Lu Uoll Stritda yetarli tajribaga ega emas.

Siyosiy tadqiqotlar institutidan Sara Andersonga ko’ra, u investorlar ishonchini qozonishi kerak bo’ladi.

“Kongress oldida so’zlaganida o’zi tan olgan edi, moliyaviy nazorat bobida uncha tajribam yo’q deb. Uoll Stritda unga jiddiy qarasharmikan…”

Boshqalar nazarida esa Jek Lu iqtisodiy siyosatga oydinlik kirita oladi. Yirik sarmoyadorlar uchun shunisi muhim.

Iqtisodchi Gennadiy Goldberning aytishicha, mavhumlik eng yomoni. Bozorni sarosimaga soladigan - tarqoq Kongress va byudjet ustida tortishuvlar…

Moliya vazirligiga nomzodni avvalo qonunchilar savolga tutadi. Sarfiyatni kamaytirish bo’yicha muzokaralar yana boshlanish arafasida. AQShning xorijdan qarz olish miqdori rekord nuqtaga – 16,4 trillion dollarga yetay deb turibdi.

AQShning yangi moliya vaziri/US Treasury Secretary
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG