AQSh rahbari Barak Obama 2013-yilda mudofaa sohasi uchun 633 milliard dollar ajratuvchi qonunga imzo chekdi.
Vaholanki, Oq Uyning o'zi bu loyihaga nisbatan norozilik bildirib kelayotgan edi. Chunki unda shunday bandlar borki, ular Guantanamo qamog'ini yopishni qiyinlashtiradi. Obama prezidentlikka saylanganida bu turmani butkul tugatishga so'z bergan.
Obama ayni damda Gavayi orolida oilasi bilan ta'tilda. Lekin bu qonun kuchga kirishini kechiktirib bo'lmaydi, dedi u.
"Konsitutsiyamiz prezidentga qonunlardagi alohida bandlarni rad etish yoki ma'qullashga yo'l bermaydi. Men butun qonunni yo qaytarishim yo unga imzo chekishim mumkin xolos. Shunday ekan, mazkur qonunning ayrim jihatlari menga ma'qul bo'lmasa-da, men unga qo'l qo'ydim, chunki davlatimiz xavfsizligi va mudofaasi uchun zarur mablag' o'z vaqtida ajratilishi shart".
Imzo qo'yilishi bilanoq kuchga kirgan hujjatga binoan Eronga nisbatan sanksiyalar kuchaytiriladi va dunyo bo'ylab diplomatik idoralarning xavfsizligi yaxshilanadi.
Lekin Kongress Guantanamodagi qamoqxonani yopish uchun bir tiyin ham ajratmoqchi emas. Qonunda bu alohida tilga olinadi. Yana bir band esa ijroiya organining mahbuslarni boshqa davlatga ko'chirishini cheklaydi.
Obama nazarida Kongress bunday yo'l tutib, davlat manfaatlariga qarshi qadam tashlamoqda. Guantanamo, deydi u, har tomonlama qimmatga tushayotgan obyekt, shuningdek, Amerikaning global nufuziga katta dog'.
2001-yilda ochilgan turmada jami 800 mahbus bor edi. Hozir 170 nafari qolgan. Aksariyati Afg'onistondagi urushda qo'lga tushgan, terrorizmda gumon qilingan yoki ayblangan. Bugunga kelib ularning ko'pi vataniga yoki boshqa davlatlarga jo'natilgan. Qolganlarni qayerda qay qonunlar asosida sudlash katta jumboq bo'lib qolmoqda.
Respublikachilar ularning Amerikaga olib kelinishiga qarshi. Obama ma'muriyati esa ularni tribunallarda sudlash kerak deydi.
"Human Rights Watch" inson huquqlari tashkiloti nazarida Amerika Guantanamo qamog'i bilan xalqaro qonunlarni buzib kelmoqda.
Yangi qonunni imzolash bilan Obama yana bir bor irodasiz ish tutdi, deydi Andrea Prasov, "Human Rights Watch" vakili. Prezident bu qamoqni yopmoqchi bo'lsa, qarori jiddiy ekanini isbotlashi kerak, deydi u.
Obama qonunga veto qo'yishi mumkin edi, ammo bunday qilmadi.
633 milliard dollardan 528 milliardi Pentagon, mudofaa vazirligi uchun; 17 milliardi Energetika vazirligi olib boradigan yadroviy va harbiy loyihalar uchun; 88 milliardi esa xorijdagi maqsadlar, elchixonalar va Afg'onistondagi urush uchun ko'zlangan.