AQShda byudjet yuzasidan kechgan murosasiz muzokaralar bu mamlakatda siyosiy bo’linish kuchli ekanini hamda boshqaruv tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini namoyish etdi. Ayrimlar nazarida bunday sharoitda Amerika demokratik tizimi normal faoliyat yurita olmaydi.
Vashingtonga tashrif buyurgan ayrim odamlar Kapitoliyni demokratiya timsoli deb biladi, ammo devorlari ichidagi siyosiy tortishuvlarga salbiy qaraydi.
"Kongressda markaz tomon og’uvchi fraksiya bo’lsayu, deputatlar partiya yetakchilariga qaramay, birlashsa", - deydi merilendlik Deyvid Stark.
Kongress va prezident Barak Obama uzoq tortishuvlardan so’ng so’nggi pallada byudjet bo’yicha murosa qilib, “moliyaviy jarlik”ning oldini ola bildi. Aks holda xarajatlar keskin qisqarib, soliqlar oshishi mumkin edi. Bu hol siyosatchilarning hamkorlikda ishlashga layoqati yo’qligini namoyon qildi.
Demokrat prezident Obama va respublikachi spiker Jon Beyner o’rtasidagi dastlabki muzokaralar natija bermadi. Ikkala partiyaning Senatdagi sardorlari ham bir to’xtamga kela olmagan edi.
Kongress ishini o’rganuvchi olim Tomas Manning aytishicha, muammo siyosiy tizimda, partiyalarning davlat idoralari bilan hamkorlik qilishga to’sqinlik qiluvchi siyosatida.
"Amerika asoschilari tomonidan tilga olinmagan va konstitutsiyada bitilmagan siyosiy partiyalarimiz boshqaruv tizimimizga to’g’ri kelmaydigan darajada o’zgardi", - deydi tahlilchi.
Uzoq tortishuvlardan so’ng demokrat vitse-prezident Jo Bayden va respublikachilarning Senatdagi sardori Mitch Makkonnel o’rtasidagi do’stona munosabatlar tufayli byudjet masalasiga yechim topildi. Qonun loyihasi Kongressning Yangi yil kuni maxsus chaqirilgan sessiyasida imzolandi. Endi qonunchilar kundan-kunga o’sib borayotgan federal kamomad bilan shug’ullanishi kerak.
"Muhimi, “moliyaviy jarlik”ka tushmadik. Kelishuvni Senatda ko’pchilik yoqladi. Aksariyat respublikachi qonunchilar qarshiligiga qaramay, loyiha Vakillar Palatasida ham ovozga qo’yildi. Murosaga kelingani yaxshi bo’ldi", - deydi mutaxassis.
Vashingtondagi Amerika universitetida tarix bo’yicha professor Allan Lixtman yangi Kongress kelajakda byudjet yuzasidan ko’p talashishiga to’g’ri keladi, deydi.
"Millionerlar solig’ini 35 foizdan 39 foizga oshirish xususida ko’p qayg’urar ekanmiz, bu mamlakat yuzlashayotgan eng katta muammolar chetda qolib ketmoqda", - deydi professor.
Lixtmanning xavotir olishicha, byudjet bo’yicha qizg’in munozaralarga kirishgan Kongress favqulodda yordam, iqlim o’zgarishi oqibatlarini kamaytirish kabi mavzularga diqqat qilmay qo’yadi.