Kanada terrorizmga qarshi choralarni kuchaytiradi

  • Amerika Ovozi

Bosh vazir Stiven Xarper va rafiqasi Lorin urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlikni ziyorat qildi. Kecha bu yerda qo'riqchi askar otib o'ldirilgan edi. Ottava, 23-oktabr, 2014.

Kanada Bosh vaziri Stiven Xarper poytaxt Ottava va Monrealdagi xurujlar Kanadani qo'rqita olmaydi, deydi.

Xarper xalqqa televideniye orqali qilgan murojaatida Kanada ham terror nishoni ekanini eslatib, bunday tahdidlarni aniqlashga va ularga qarshi qattiqroq chora ko'rishga va'da berdi.

Kecha Ottavada qurollangan bir odam urush qahramonlariga bag'ishlangan yodgorlikni qo'riqlayotgan bir askarni otib o'ldirdi.

32 yashar Maykl Zehaf-Bibo parlamentga kirib, qurolni ishga solgan, so'ng qurollangan serjant tomonidan to'xtatilgan. Zehaf-Bibo halok o'lgan.

Hafta boshida Monrealda islomni yaqinda qabul qilgan bir odam mashinasi bilan ikki askarni urib, birini o'ldirgan.

AQSh Prezidenti Barak Obama Xarperga qo'ng'iroq qilib, xurujlarni qoralagan. Har ikki voqeada harbiylar hujumga uchragani bois askarlarni kelajakda xurujlardan himoya qilish uchun ularga jamoatchilikda harbiy forma kiyish taqiqlandi.

Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar