Kuzatuvchilar fikricha, Rossiyanining Ukrainaga nisbatan bosimi Markaziy Osiyo davlatlarining ko`p vektorli tashqi siyosatini xavf ostiga qo`ya boshlagandek. Rossiya yetakchiligidagi “Evrosiyo ittifoqi”ga kirishga hozirlanayotgan Qozog`iston ham endi mintaqaviy integratsiyasini chuqurlashtirishga chaqirmoqda.
Osiyo Taraqqiyot bankining Astanada o`tgan yillik yig`ilishida so`zlagan Nursulton Nazarboyev “Buyuk ipak yo`li” loyihasini mintaqa farovonligining garovi sifatida taqdim etdi.
G`arb tomonidan dastaklanayotgan bu loyiha Moskva yetakchiligidagi “Evrosiyo ittifoqi”ning muqobili sifatida ham ko`riladi. Nazarboyev Astanadagi chiqishida mintaqa bo’ylab hamkorlikni kuchaytirishga alohida urg’u berdi.
Nazarboyevning bu bayonoti shu oy oxirida “Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi” bitimi imzolanishi arafasida bildirilmoqda. Qozog`istonda esa Rossiya bilan ittifoqqa kirishishga qarshi xavotirlar oshmoqda.
Ekspertlarning aytishicha, Rossiyani yoqlash bilan tashqi siyosatini Moskvaga qaram qilib qo`yganini anglagan Nazarboyev so`nggi paytda o`z xatolarini to`g`rilashga urinmoqda.
“Qozog`iston Rossiya pozitsiyasini yoqlab Qrimdagi referendumni tan olish bilan aniq xatoga yo`l qo`ydi. Keyinchalik bu xatoni to`g`rilashga urindi, BMTda Qrim bo`yicha ovoz berishda betaraf qoldi. Bosh vazir Masimov Qozog`iston Ukraina bilan savdo aloqalarini tiklashga tayyorligini bildirdi. Bu bilan Qozog`istonning ko`p vektorli tashqi siyosatga sodiq qolayotganini ko`rsatishga urinishmoqda. Ammo fakt shundaki, Qozog`iston Bojxona ittifoqiga kirmagan paytda siyosatda hozirgidan ko`ra mustaqilroq edi. Masalan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olmagan edi. Hozir esa Qozog`istonning tashqi siyosatdagi imkoniyatlari cheklanib qolayotgani sezilmoqda”, - deydi qozoq eksperti Do`sum Satpaev.
Kuzatuvchilar Nazarboyevning mintaqada integratsiyani chuqurlashtirish haqida aytgan navbatdagi bayonotini ko`proq diplomatik mulozamat sifatida baholamoqda.
Satpayevga ko`ra, Nazarboyev avval ham mintaqaviy hamkorlik g`oyalarini o’rtaga tashlagani bilan taniqli. Ammo qo’shnilar bilan aloqalarning bir tekis emasligi va Qozog`iston tanlagan rivojlanish yo`lining farqli o’zanga qarab ketayotgani hududiy ittifoq haqida jiddiy gapirish uchun hali erta ekanini ko’rsatadi.
“Hozirgacha mintaqa hamkorligini tiklash harakati natija bermadi. O`ylashimcha, Nazarboyev buni yaxshi tushunadi. Ayniqsa, O`zbekistonning qo`shni davlatlar bilan aloqasi ziddiyatli qolar ekan, hamkorlik haqida gapirish qiyin. Qolaversa, Qozog`istonning o`zida ham buning uchun jiddiy xohish yo`q. Mamlakat nomini Qozoqeliga o`zgartirish borasidagi tashabbuslarni oling. Bu tashabbus ortida Qozo`gistonni mintaqa davlatlaridan ajratib ko`rsatish istagi yotibdi. Hukumat mamlakatni Yevrosiyo a`zosi sifatida dunyoga taqdim etmoqda, bu kuchli targ`ibot qilinmoqda”, - deydi Do`sim Satpaev.
Rossiyaning Ukarainadagi amaliyoti Markaziy Osiyo tomon siljishidan xavotirlar mavjud. Ayniqsa, bu Rossiyaning yon qo`shnisi Qozog`istonda kuchli. Ukraina hodisalari ortidan Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bitimi imzolanishi mamlakat mustaqilligini xavf ostiga qo`yishi iddao qilinadi.
Bu xavotirlar mintaqada yetakchilarni o`zaro hamkorlikni tiklashga, birlikka undovchi tashabbuslar bilan chiqishga undamoqda.
“Qozog`istonni bunday hamkorlikni amalga oshirish harakati muvaffaqiyatsiz tugadi. Bugun ham bunday tashabbusning amalga oshishi juda qiyin. Mintaqada o`zaro ziddiyatlar juda kuchli. Mintaqa markazlaridan bo`lgan O`zbekiston muzokarlarni rivojlantirish emas, ziddiyatlarni kuchaytirish pozitsiyasida turibdi. Bu katta minus ”, - deydi Satpaev.
Markaziy Osiyo davlatlari hozirgacha o`zaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi bir tashkilotga yig`ila olmagan.
Your browser doesn’t support HTML5