Suriya bo'yicha Markaziy Osiyoning aksariyat davlatlari sukut saqlashmoqda. Rasmiy Toshkent hozirgacha biror munosabat bildirmagan. Biroq ayrim axborot vositalari Rossiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tarqatgan bayonotni bosib chiqargan.
Shu bilan birgan, mintaqa mamlakatlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitga hozirlik ko'rayapti. Rasmiy Toshkent hozirgacha bu borada biror munosabat bildirmadi. Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonda ham rasmiy chiqishlar kuzatilgani yo'q.
Markaziy Osiyo davlatlari ichida faqat Qozog'iston o'z pozitsiyasini e'lon edi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xalqaro jamoatchilikni sabr qilishga va BMT komissiyasi xulosasini kutishga chaqiradi.
Vazirlik Suriyada kimyoviy qurol ishlatilgani tasdiqlangan taqdirda bu insoniyatga qarshi jinoyat bo'ladi, deya bayonot tarqatgan edi.
O'zbekiston matbuotida mavzu yuzasidan munosabat topish qiyin. Ayrim nashrlar Rossiya elchixonasi tarqatgan bayonotni chop etish bilan cheklangan. Prezident Vladimir Putinning intervyusiga asoslangan bu xabarda BMT sanksiyasini olmasdan, Suriyaga o't ochish agressiya sifatida baholanishi ta'kidlanadi.
O'zbekistondagi faollardan Abdulla Tojiboy o'g'lining aytishicha, mamlakat axborot vositalari keskin nazoratda ekani uchun ham aksariyat jamoatchilik Suriyada kechayotgan voqealardan yaxshi xabardor emas.
“Asosan, internetda bo'lgan, “Amerika ovozi”, “Ozodlik”, "Bi-Bi-Si" kabi radiolarni eshitib turgan odamlar Suriyadagi voqealarni muhokama qilishadi, lekin ular ham ko'pchilik emas. Menimcha, hozir kimyoviy hujum hukumat tomonidan, muxolifat tomonidan ishlatilgan degan fikrlar berilayapti. Lekin har qanday davlatda ommaviy qirg'in quroli orqali tinch aholiga hujum qilinar ekan, buning uchun birinchi navbatda o'sha davlatning rahbari aybdor, nazarimda. Davlat rahbari bu kabi qirg'in qurollari ustidan keskin nazorat o'rnatishi kerak, shuning uchun ham bu yerdagi asosiy aybdor Bashar al-Assad deb hisoblayman”, - deydi Abdulla Tojiboy.
Uningcha, diktaturaga asoslangan tuzumlarda taxt uchun har qanday qotilliklarga borish kuzatilgan, bu esa xalqaro hamjamiyatdan keskin choralarni talab etadi.
“Obama bolalar, ayollar, tinch aholidan qurbon berilishining oldini olish maqsadida bu kabi diktator tuzumlarga nisbatan kuch ishlatish orqali chora ko'rilishi haqida gapirdi. Shuning uchun men butun dunyoda haqiqatparvarlik tarafdori, haqsizlarni himoya qilishga intilayotgani uchun Amerikani nafaqat kimyoviy qurollar ishlatgan diktatorlarga nisbatan, balki oddiy qurollar vositasida ham o'z xalqini otgan diktatorgalarga nisbatan keskin munosabatda bo'lishini istar edim”, - degan fikrda suhbatdosh.
Suriyadagi inqiroz bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boshlangan Katta Yigirmalik sammitida bosh masala bo'lib turibdi. AQSh o'nlab qurbonlarga yetaklagan Suriyadagi kimyoviy hujum ortida Asad hukumati turganini ta'kidlab keladi. Barak Obama bu davlatda cheklangan tarzda qurolli kuch ishlashish tarafdori.
Bu bayonot BMT Xavfsizlik Kengashi a'zolari Rossiya va Xitoy tomonidan keskin qarshilikka uchrashi kutiladi. Yevropaning aksariyat davlatlari ham taklifga qarshi. AQSh ayni paytda Suriyaga nisbatan bir tomonlama kuch ishlatish qarorida qat'iy.
Your browser doesn’t support HTML5