Qo'shma Shtatlar terror xurujini qoralab, qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Bugun Checheniston poytaxti Grozniyda kunduz kuni qurollangan odamlar mahalliy parlament binosiga bostirib kirib, kamida 3 kishini o'ldirgan, 17 nafari yaralagan. Rasmiylarga ko'ra, qurbonlardan ikkisi militsioner, biri esa davlat xizmatchisi. Terrorchilar o'zini portlatgani aytilmoqda.
Qo'shma Shtatlar terror xurujini qoralab, qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
"Terrorizmning har qanday ko'rinishini qoralaymiz va Rossiya hukumati bilan unga qarshi kurashda hamkorlikka tayyormiz," deydi AQSh Milliya xavfsizlik kengashi vakili Mayk Xammer.