Xitoy-Rossiya gaz kelishuvi nimadan dalolat beradi? Pekin uchun Markaziy Osiyo qanchalik muhim? Amerika mintaqada Xitoy bilan bellasha oladimi? Buni istaydimi? Suhbat.
VASHINGTON —
Yer yuzining qayerida bo’lmasin, ulkan investitsiya olib kirayotgan, yirik biznes loyihalarga moliya ajratayotgan va infratuzilmalar barpo etayotgan davlat bugun Xitoydir.
Shimoldagi yirik qo’shnisi Rossiyadan kelasi 30 yil davomida tabiiy gaz sotib olishga qaror qildi. 400 milliard dollarlik shartnoma imzolandi.
Ukrainadagi agressiv harakati tufayli G’arb bilan shundoq ham tarang aloqalari yanada chigallashgan Rossiya bu bitimni tarixiy burilish deya ko’z-ko’z qilmoqda. Amerika va Yevropa Ittifoqi biznes sheriklikda Xitoyga bas kela olmaydi. Kommunist davlat Markaziy Osiyoning ham eng yirik hamkori.
AQSh sobiq diplomati, osiyoshunos olim Evan Feigenbaum Chikago universitetida Polson institutini (Paulson Institute) boshqaradi. Unga AQSh sobiq moliya vaziri Xenk Polson (Hank Paulson) asos solgan. Iqtisodiy inqiroz davrida vazirlik qilgan bu arbobning doimiy gapi shuki, Xitoy va Amerika orasidagi rishtalar qanchalik mustahkam bo’lsa, dunyo shunchalik tinch bo’ladi. Feigenbaum 2000-yillarda Davlat departamentida Osiyo, xususan Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarga mas’ul diplomatlardan biri edi. Hozir u boshqarayotgan Polson Instituti global iqtisodiy va ekologik muammolar yechimi asosan Amerika va Xitoy qo’lida deb biladi. Idoralar har ikki davlatda.
Janob Feigenbaumni suhbatga chorlar ekanman, Rossiya-Xitoy gaz kelishuvi, Kreml iddao qilayotganidek, G’arbga nisbatan qattiq zarbami? – deya so’rayman.
“Bu bitim aynan hozir imzolangani bejiz emas. Rossiya G’arbdan uzoqlashib turgan paytda sharqdan malham kerak. Yevropa Ittifoqi yonilg’iga talabni boshqa manbalardan izlar ekan, Kremlga uzoq muddatli xaridor kerak”,- deydi Feigenbaum.
“Rossiya va Xitoy sovuq urush tugaganidan beri Amerikaning sobiq ittifoqdagi maqsadlarini xushlamay keladi. Ikkalasi ham AQSh qudrati, tashqi siyosati va uning manfaatlariga qarshi. Lekin bu ikki davlat ham o’zaro raqiblar. Ular Amerikaga umumiy g’anim sifatida qaraydi, ammo bir-biriga ham ishonmaydi. Rossiya va Xitoy strategik jihatdan bir-biriga suyana olmaydigan davlatlar. Gaz bitimi ustida 10 yil muzokara qilishdi. Xitoyning aytgani aytgan bo’ldi. Moskva mahsulotni unga Yevropa narxida sotishni xohladi, ya’ni 1000 kubometrga kamida 380 dollar. Pekin esa bunga ko’nmadi. Narx haqida og’iz ochishmayapti, ammo biz uning ancha past ekanini bilamiz. Xitoyga gaz kerak, lekin Rossiyaning hamkorga muhtojligi ko’proq. Rossiya yiliga 38 millard kubometr gaz va’da qilmoqda, Xitoy Turkmaniston bilan bundanda katta hajmli kelishuvga ega. Xitoy gazni Birma, Indoneziya, Avstraliya va Mozambikdan ham oladi. 38 milliard kubometr, ta’minot yo’lga qo’yilganidan keyin ham Xitoy ehtiyojini qondirishda u qadar katta miqdor emas. O’tgan yili masalan Xitoy 170-200 milliard kubometr gaz ishlatgan”.
Dunyoning eng ko’p aholiga ega mamlakatida tabiiy gazga talab tobora oshib bormoqda. Mahsulot uzoq va yaqin o’lkalardan olib kelinadi va Xitoy yangi sheriklar izlashda davom etadi, deydi Pekin siyosiy doiralari bilan yaxshi tanish bu ekspert. Xitoy ko’mir va neftdan astalik bilan voz kechib, tabiiy gaz va atom energiyasiga asoslangan tizimlar yaratishga bel bog’lagan, deydi Feigenbaum.
Markaziy Osiyo uchun Xitoydan kirib kelayotgan milliardlab dollar sarmoya muhim, lekin Pekinning strategik daftarida bu mintaqa davlatlari qay o’rinda?
“Markaziy Osiyo juda yuqori o’rinda bo’lmasa-da, muhim hisoblanadi. Xavfsizlik va strategik nuqtai nazardan Xitoy uchun eng muhimi barqarorlik va kommunistik tuzumni saqlab qolish. Ikkinchi o’rinda, Sharqiy Osiyodagi ta’sir kuchini yo’qotmaslik… Uchinchidan esa butun Osiyo qit’asida hukmronlik. Bugun Xitoy Markaziy Osiyoda tijoratchi, ishlab chiqaruvchi, kreditor, sarmoyador, quruvchi… Rossiya bu borada unga teng kela olmaydi. Xitoy shu qadar bahaybatki, dunyoning boshqa qismlariga kiritayotgan sarmoyasi bilan qiyoslaganda, mintaqa u qadar muhim emasdek tuyuladi, ammo besh respublikada bekorga o’nlab milliard dollar tikkani yo’q. Tabiiy resurslar va qishloq xo’jaligiga qiziqishi katta. Manfaatlarni shundan ko’radi. Shinjonda tinchlikni saqlash uchun ham bu mintaqa katta ahamiyat kasb etadi. Aytmoqchimanki, Pekin ta’siri regionda oshsa oshadiki, pasaymaydi”,- deydi Feigenbaum.
Amerika yillar davomida shuni ta’kidlab keladiki, u Markaziy Osiyoda na Xitoy va na Rossiya bilan raqobatda. Yangi buyuk o’yin degan gap asossiz, deydi diplomatlar, AQSh o’ziga xos manfaatlarga ega. Mintaqa Rossiya va Xitoy bilan yaqindan hamkorlik qilishi Vashingtonga ma’qul degan gaplarni ko’p eshitamiz. Haqiqatdan ham shundaymi? AQShda Xitoy ta’sirini jilovlash uchun siyosiy iroda bormi?
Feigenbaum fikricha, Qo’shma Shtatlar Xitoy bilan tenglashishga harakat qilmagan, qilmaydi ham. Geografik va manfaat jihatdan taqqoslashning o’zi aqlga sig’maydi, deydi u. Amerika hech qachon Xitoy kabi sarmoya qilmaydi. Biznes va siyosiy yondashuv boshqacha.
“Men o’zim hukumatda ishlagan davrimda Xitoy olma bersa, biz apelsin taklif qilishimiz kerak der edim. Ya’ni Amerika mintaqada boshqacha qabul qilinadi, imkoniyat va maqsadlar o’zgacha. Bizning oldimizdagi vazifa – Afg’onistonni tark etib, u yerdagi harbiy amaliyotlarni yakunlar ekanmiz, butun mintaqaga nisbatan siyosatimizni yangidan o’ylab, uni qanday amalga oshirishni hal etish”,- deydi Feigenbaum.
Markaziy Osiyoda rus tili hamon keng qo'llaniladi. Ingliz va xitoy tilini biladiganlar, o’rganayotganlar ko’payib bormoqda.
Yoshligidan xitoy va ruschani o’qigan Evan Feigenbaum til bilish faqat imkoniyatlar yaratadi deydi. Kelajak uchun sarmoya.
Istiqbolni yo u tomon yo faqat bu tomon bilan ko’rmang, deydi ekspert. Markaziy Osiyo kelajagi Xitoy bilan ham, Rossiya bilan ham, Amerika bilan ham bog’liq.
Qolaversa, deydi arbob, global tillarni bilish sizni global hayot, iqtisod va siyosiy tizimlarga olib chiqadi.
Yana bir fakt, deydi u, dunyoda eng tez o’sayotgan jamiyatlar bugun sharqda. Unga e’tibor oshgani bejiz emas.

Your browser doesn’t support HTML5