Xitoy hukumati Kunmindagi voqealarda uyg'urlarni ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

Kunmin temiryo'l vokzali, Yunnan viloyati, Xitoy

Xitoy janubdagi Kunmin shahrida odamlarni uyg’urlar pichoqlagan, demoqda. Shanba kuni ro’y bergan voqeada qora kiyim kiygan 10 shaxs temiryo’l vokzalida pichoq bilan odamlarga hujum qilgan.

Natijada 29 odam o’lgan, 130 dan ziyodi jarohat olgan. Politsiya hujum qilgan odamlardan to’rt nafarini otib o’ldirib, birini qo’lga olgan, qolganlarining ketiga tushgan edi. Bugun ularning ham ushlangani xabar qilinmoqda.

Politsiyaga ko’ra, Abdurahim Qurbon ismli odam yetakchiligidagi guruh voqeada aybdor. Kunmin Yunnan viloyatida joylashgan.