Shinjondagi stansiyada kecha pichoq ko’targan odamlar avval xurujlar uyushtirgan. Keyin yo’lovchilarni pichoqlay ketgan.
Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida temiryo’l bekatidani portlash va pichoqlashuv ortidan Xitoy prezidenti Shi Zinpin qat’iy choralar ko’rmoqchi.
Kecha Urumchidagi stansiyada pichoq ko’targan odamlar avval xurujlar uyushtirgan. Keyin yo’lovchilarni pichoqlay ketgan. Uch kishi halok bo’lgani, 79 odam jarohat olgani ma’lum.
Prezident Shi Zinpin separatistlarga qarshi jazo qo’llashini aytmoqda. Terrorizm ildizini quritish uchun keskin choralar ko’rish lozim, deydi u.
Rasmiy Pekin hujumlar uyg’ur ayirmachilarning qilmishi deb keladi. Faollar nazarida esa hukumatning zolim siyosati va xitoylar manfaatlarini ustun qo’yish odati musulmon aholini isyon ko’tarishga majbur qilayapti.
Jahon uyg’urlari kongressidan Dilshod Rashidning aytishicha, xurujlar hukumatning repressiv-agressiv choralari ish bermayotganidan dalolat beradi.
Mart oyida ham Yunnan viloyatida temiryo’l bekatida o’nlab odam pichoqlab ketilgan edi. Pekin bu voqeada ham uyg’urlarni ayblagan. O’tgan oktabr Pekinning Tiananmen maydonida mashinada ketayotgan uch uyg’ur sayyohlarni bosib ketgan, ikki turist jon bergan edi.

Your browser doesn’t support HTML5