Qariyb 70 yil oldin vatanidan judo qilingan va sovetlar qulashidan so’ng Qrimga qayta boshlagan tatarlar siyosiy hayotida muhim o’zgarishlar ro’y bermoqda.
Milliy Majlisning uzoq yillik yetakchisi Mustafo Jemilov yaqinda iste’foga chiqib, Qrim parlamenti deputati Rifat Cheburov yangi rais etib saylangan. Ukrainadagi bu jamoa uchun birinchidan milliy haq-huquqlarni himoya qilish eng dolzarb mavzu bo’lib turibdi.
Qrim parlamenti Ukarinaning Yevropa Ittifoqiga kirishi yuzasidan namoyishlarga qarshi video murojaat bilan chiqqan. Unda yevro-integratsiya tahdid sifatida baholanib, qrimliklar respublika maqomini himoya qilishga chaqiriladi.
Deputat Rifat Cheburov bu murojaat yuzasidan norozi bo'lib, uni Qrimdagi bitta elat manfaatlarini bildiruvchi qaltis da'vat sifatida baholagan.
Bu mojaro Qrim tatarlari va hukumat o’rtasida ziddiyatlarning bir ko’rinishi, xolos.
1990-yillardan o’z vataniga ommaviy ravishda qayta boshlagan tatarlar uchun huquq himoyasi dolzarbligicha qolmoqda. Sobiq ittifoq qatag’oniga uchragan elat bugun vatanida ozchilikni tashkil etadi. Noma’lum guruhlar Qrim tatarlariga tegishli uylarga tajovuz qilib, masjidlarni yoqib yuborgan holatlar hamon kuzatiladi.
Qrim tatarlarining oliy organi Milliy Majlis Ukrainada hozirgacha rasman ro’yxatga olinmagan. Ammo bundan qat'iy nazar jamoa faoliyatini muvofiqlashtiriuvchi asosiy organ bo'lib qolayapti va uni boshqarish uchun raqobat kuchli.
Sovet zamonidan Qrim tatarlari huquqlarini himoya qilib tanilgan, Milliy Majlisning uzoq yillik yetakchisi Mustafo Jemilov o’tgan qurultoyda iste'foga chiqishini e’lon qilgan.
Jemilov so'zlariga ko’ra, u majlisni 1991-yildan boshqarib kelgan. Nizomga ko’ra, bir kishi ikki muddat raislik qilishi mumkin, ammo qurultoyda uning nomzodi qo'llab-quvvatlanib, ziddiyatli vaziyat bois uning yetakchiligi uzoq davom etgan.
“Shunday qilib 20 yildan oshdi, men bo’ldi, yetadi degan qarorga keldim. Go’yo, xalqda boshqa yetakchilar yo’qdek. Bundan tashqari, butun xalq taqdirini aniq bir shaxs bilan bog'lab qo’ymaslik kerak. Xullas, o’tgan yil qurultoyni o’tkazdik, delegatlar saylash keskin kurashlar bilan kechdi. 250 delegat saylanishi kerak edi, ammo O’zbekistondagilar uchun belgilangan ikki o’rin bo’sh qoldi. Rasmiy Toshkent qurultoydagi ishtirokka qarshi emasligi, ammo bu borada Ukraina Tashqi ishlar vazirligidan rasmiy xat lozimligini aytibdi. Afsuski, O’zbekiston hukumati Qrim tatarlarining vataniga qaytishi uchun ko’mak emas, turli to’sqinliklar qo’yish bilan band. Qurultoyda saylangan 248 deputat esa Milliy Majlisning yangi raisini saylashdi”, - deydi Jemilov.
Raislik uchun asosan ikki nomzod o’rtasida keskin kurash borgan. Rifat Cheburovning bir necha ovoz farq bilan g’olib chiqishi majlis faoliyatida bo’linish haqida xavotirlarni ham kuchaytirgan.
“Ammo xalqimiz siyosiy saviyasi yuksak ekanligini ko’rsata oldi, bo’linish haqidagi xavotirlar asossiz bo’lib chiqdi”, - deydi Jemilov.
Qrim tatarlari bugun yuzlashgan asosiy muammo muxtor respublikada Qrim tatarlari qatag’oni boshida turgan Moskva o’rnining tobora kuchayib borayotganidir.
Ukrainada o’tgan prezident saylovida aholining 15 foizdan oshig'ini tashkil etuvchi Qrim tatarlari Yuliya Timoshenkoga, 70 foizga yaqini Viktor Yanukovichga ovoz bergan. O’zini rus vatanparvarlari sanaydigan bu qatlam hozir hokimiyatda bo’lgan Yanukovichning tayanchi ekani aytiladi.
Iosif Stalin buyrug’iga ko’ra, vatanidan quvg’in qilingan Qrim tatarlarining katta qismi O’zbekistondan qaytgan. Rifat Cheburov ham Samarqandda tug’ilgan. Hozir O’zbekistonda yuz mingdan oshiq Qrim tatarlari yashaydi. Ammo Ukrainada deportatsiyaga tushgan Qrim tatarlariga ajratilgan yordam, mablag’ning kamligi, O’zbekistonda tatarlarning iqtisodiy imkoniyatlari ular vataniga qaytishidagi asosiy to’siqlardan biri sifatida ko’riladi.

Your browser doesn’t support HTML5