Amerikada prezidentlikka nomzod demokrat Xillari Klinton AQShning Eron bilan erishgan bitimini yoqlamoqda.
Yadroviy tadqiqotlarni cheklovchi bitim shartlari zarracha bo'lsa-da buzilsa, sanksiyalar qayta ishga tushadi, deydi u.
Klintonning aytishicha, Tehron yadro qurolini qo'lga kiritishga harakat qilsa, harbiy jazo bilan yuzlashadi.
Amerika va jahonning besh davlati imzolagan bitimni prezidentlikka nomzodlardan ikkitasi - respublikachi Donald Tramp va senator Ted Kruz kecha tanqid qilib chiqqan edi.
Tramp kelishuvni juda bir savodsiz, uquvsiz ish deya ta'riflamoqda.
Kruz fikricha, yadroviy bitim fojeadir.
Amerika xavfsizligiga tahdid bu, deydi u.
Bitimga qarshi bo'lgan respublikachilar uning amalga oshirilishiga to'sqinlik qilolmasligi mumkin, biroq uni kechiktirishga urinishlari aniq.