Amalidan ketishga hozirlik ko’rayotgan Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha, Isroildagi yangi koalitsiya Falastin davlatini barpo etish borasida muzokaraga xayrixoh. Diplomat kecha internet orqali butun dunyodan tushgan savollarga javob berdi.
Vashingtonda so’zlagan Xillari Klintonning aytishicha, Isroildagi saylovlar “yashil chiroq” rolini o’taydi.
“Isroil elektorati amaldagi siyosatdan boshqa yo’lni tanlab, Yaqin Sharq tinchlik muzokaralariga yangicha yondashuv zarur ekanini baralla aytdi”, - deydi Amerika diplomati.
Bu Falastin ma’murlari bilan boshi berk ko’chaga kirib qolgan muloqot qayta jonlanishi mumkin, degani.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va uning ultramillatchi ittifoqchilari 120 kishilik parlamentda 31 o’rinni qo’lga kiritgan. Bu avvalgidan 11 taga kam. Markazchi koalitsiya 19 deputat mandati bilan keyingi o’rinda. Qolgani Leyboristlar va kichik diniy partiyalar vakillari.
Bosh vazir bo’lib qolishi kutilayotgan Netanyaxu imkon qadar keng koalitsiya tuzishga va’da bermoqda. Falastin yetakchilari nazarida Netanyaxu bosib olingan yerlarda yahudiylar uchun posyolkalar qurish siyosatini o’zgartirishi gumon. Ikki taraf muzokaralariga to’g’anoq bo’lib turgan asosiy muammolardan biri ham shu.
Klintonning aytishicha, Isroil-Falastin muammosi o’zaro ishonch yo’qligida.
“Falastin xalqi tinchlik, farovonlikka, o’z davlatiga ega bo’lishiga, Isroil ahli esa osuda, bexatar hayot kechira olishiga hissa qo’shishimiz lozim. Bunga erishsa bo’ladi”, - deydi Klinton.
Netanyaxu so’zlariga ko’ra, uning uchun ustuvor vazifa Eron yadro qurolini qo’lga kiritishiga yo’l qo’ymaslik. Klintondan keyin davlat kotibi bo’ladigan Jon Kerri islomiy respublikani xalqaro hamjamiyat bilan hisoblashishga majbur qilish kerak, vaqtni boy berayapmiz, deydi.
Rasmiy Tehron yadroviy izlanishlari tinch maqsadni ko’zlashini ta’kidlaydi. Jon Kerri nazarida buni xalqaro inspektorlarga eshiklarni ochib berish orqali isbotlash mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5