AQSh Vakillar Palatasida hukmron respublikachilar so’nggi oylarda 20 dan ortiq qonun loyihalariga ovoz bergan, barchasi mafkuraviy asosda.
Sog’liqni saqlash islohotini bekor qilish to’g’risidagi hujjat bunga bir misol. Senatda esa demokratlar ko’pchilik ekan, bu loyihalar hech qachon qonunga aylanmaydi.AQSh qonun chiqaruvchi organi joylashgan Kapitoliy tashqaridan osuda ko’rinadi. Ammo ichkarida ikki partiya – respublikachilar va demokratlar bir-birini g’ajishga tayyor.
Sog’liqni saqlash islohotini bekor qilish to’g’risidagi hujjat bunga bir misol. Senatda esa demokratlar ko’pchilik ekan, bu loyihalar hech qachon qonunga aylanmaydi.AQSh qonun chiqaruvchi organi joylashgan Kapitoliy tashqaridan osuda ko’rinadi. Ammo ichkarida ikki partiya – respublikachilar va demokratlar bir-birini g’ajishga tayyor.
"Bo’lar-bo’lmas narsalar ustida tortishib o’tiramiz. Fikrimiz bir joydan chiqsa ham janjallashamiz. Buni qanday tushunish mumkin? Saylov yili bu, mana gap qayerda. Hamma narsaga siyosiy tus berishga harakat qilamiz",- deydi palata spikeri, respublikachi Jon Beyner.
U talabalarning qarz olishi to’g’risidagi qonunga ishora qilmoqda. Uning muddati uzaytirilmaganda, foiz stavkalari ikki baravar oshgan bo’lardi.
Qayta saylanish ilinjida yurgan prezident Barak Obama universitetlarni kezib, qonunchilar bilan bog’laning deya undadi. Chunki Kongressda so’nggi payt biror loyiha oldinga siljimayapti.
Saylov yili emasmi, ikki partiya o’rtasida tarafkashlik, tarqoqlik, tafovutlar yanada o’tkirlashgan.
Demokratlar muxolifatni ijtimoiy himoyani, yo’qsillarga atalgan yordamni kesishga urinayotganlikda ayblaydi.
Siyosiy sharhlovchi Normal Ornshteyn fikricha, Respublikachilar partiyasi o’zinining eng konservativ qatlami – “Choychilar” harakatini rozi qilish harakatida.
"Vakillar Palatasida respublikachilar ko’pchilikni tashkil etadi. Ular o’nlab qonun loyihalariga ovoz bergan, lekin Senatdan o’tmasligini yaxshi bilishadi",- deydi tahlilchi.
Natijada, deydi Ornshteyn, real muammolar qolib ketayapti.
"Bahs-munozaraning, raqiblardan farqli pozitsiyada turishning aybi yo’q. Lekin Kongressning ishi safsatabozlik emas. Murosani ham bilish kerak. Fikr bir joydan chiqadigan mavzularni ko’taring, muammolarni hal qilib bering",- deydi Ornshteyn.
Demokrat kongressmen Barni Frank vaziyat shu darajaga yetganida choychilarni, respublikachilarga jo’r bo’layotgan konservativ guruhni ayblaydi.
"2010-yilgi saylovda bir guruh g’azabga to’lgan fuqarolar respublikachilar safiga qo’shildi. Hamkorlik, murosa ularga begona",- deydi Frank.
Konservativ guruhlar nazarida jamiyatda hukumatning roli tobora oshib borayapti. Majburiy tibbiy sug’urta haqidagi qonun bunga bir misol. 6-noyabrda prezident saylovlari. Amaldagi siyosat ommaga qanchalik ma’qul ekanini xalq ovozi hal qiladi.
Your browser doesn’t support HTML5