AQSh Kongressi Tehronni jazolashi mumkin

  • Amerika Ovozi

Respublikachi senator Bob Korker Eronga sanksiyalar qo'yishga doir qonun loyihasi muddatini uzaytirish ustida ishlayapti.

Kongress Senati Tashqi aloqalar qo'mitasi raisining aytishicha, Eron ballistik raketalarni uchirib, AQShni Tehronga qarshi kuchliroq sanksiyalar qo'llashga majbur qilmoqda.

Tehron shu hafta qisqa, o'rta va uzoq masofaga uchadigan raketalarini sinadi.

Respublikachi senator Bob Korker Eronga sanksiyalar qo'yishga doir qonun loyihasi muddatini uzaytirish ustida ishlayapti.

Tehron bilan o'tgan yili yadro dasturi borasida erishilgan kelishuv ortidan bu sanksiyalar to'xtatilgan. Prezident Obama Eron bitim shartlarini buzsa, sanksiyalar qayta kuchga kirishini aytib ogohlantirgan edi.

Korkerning aytishicha, sanksiyalar muddati tugamasidan oldin ularni uzaytirish kerak.

Obama ma'muriyati esa ayni damda asosiy e'tibor bitim ijrosini ta'minlash, Eron yadroviy dasturini tugatishiga ishonch hosil qilish, deydi.

Yadro tadqiqotlari borasida erishilgan bitim Eronning raketa zaxiralarini qamramaydi.