Prezident Barak Obama Kongressda senator va kongressmenlar oldida yillik hisobotini qilar ekan, AQSh tashqi siyosatidagi eng dolzarb mavzu – Afg’onistonni arang tilga oldi.
Hamid Karzay Qo’shma Shtatlar bilan xavfsizlik bitimini imzolashdan bosh tortib kelar ekan, Obama 2014-yildan so’ng qo’shinlarning bir qismini Afg’onistonda qoldirish yoki qoldirmaslik qaroriga kelgani yo’q hali.
Prezident Kongressdagi yillik nutqida Afg’oniston masalasiga ko’p to’xtalmadi. Obama AQShning 2001-yil oktabrida Afg’onistonda boshlangan harbiy kampaniyasiga joriy yil oxirida yakun yasash qarorida qat’iy. Ammo shu bilan birga Qo’shma Shtatlar so’nggi 13 yilda erishilgan yutuqlarni ham sovurmoqchi emas.
Afg’on xavfsizlik kuchlari hali butunlay oyoqqa turib olmagan, Tolibon esa taslim bo’lishni xayoliga keltirmay turgan bir paytda Obama mamlakatda 10 mingga yaqin amerikalik askarni qoldirmoqchi. Biroq Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay AQSh qo’shinlarining bu yurtda qolishiga imkon beruvchi xavfsizlik bitimini imzolashga shoshmayapti.
Bu hol ikki davlat munosabatlarining sovuqlashishiga sabab bo’ldi. Illinoys shtatidan saylangan respublikachi kongressmen Adam Kinzinger “Amerika Ovozi” bilan suhbatda Karzayni tanqid qiladi.
"Karzay amerikalik askarlarni Afg’oniston xavfsizligiga tahdid deya, bizning unga bo’lgan ishonchimizga putur yetkazmoqda. Minglab amerikalik zobitlar Afg’oniston tinchligi yo’lida hayotini qurbon qildi. Afg’oniston tinch bo’lsin deya har yili milliardlab dollar sarflaymiz", - deydi qonunchi.
Pentagon qonuniy asos bo’lmasa, 2014-yildan so’ng Afg’onistonda Amerikaning birorta askari qolmasligi mumkin va Tolibon bundan unumli foydalanishga harakat qiladi degan fikrda. Vashington Kobul moliyaviy yordamsiz qolishini ham aytib keladi.
Karzay 5-aprelga belgilangan prezident saylovlarigacha bu masalaga qaytishni xohlamaydigan ko’rinadi. AQSh bilan 10 yilga mo’ljallangan hujjatni imzolash vazifasi har holda yangi saylangan prezidentga o’tishi mumkin.
“Bitimni ma’lum payt ichida imzolashga kelishmaganmiz” deydi Karzay.
Ammo kongressmen Kinzingerning aytishicha, bu ishni zudlik bilan qilish kerak.
"Karzay bitimni darhol imzolashi zarur. Men Afg’onistonga safarim chog’ida prezident bilan uchrashganman. U Afg’onistonning AQSh va NATO bilan yaqin hamkorligi tarafdori bo’lib ko’ringan ko’zimga. Hujjatni imzolashdan o’zini nega olib qochayotganini tushunmayman. Balki u xorijiy kuchlarning Afg’onistonda uzoq muddatga qolishiga imkon bergan prezident sifatida yodda qolishni istamas", - deydi Kinzinger.
AQSh qonunchisiga ko’ra, bitim imzolanmasa, Afg’onistonning Amerika bilan munosabatlari yanada sovuqlashishi mumkin.
“Karzay bu ishga qo’l urmagan har bir kun Amerika xalqining Afg’onistonga ishonchi so’nib bormoqda”, - deydi kongressmen.
Afg’oniston prezidenti Qo’shma Shtatlardan Tolibon bilan muzokarada yordam berishni so’ragan. Amerika qonunchisi toliblar bilan murosa qilib bo’lmaydi degan fikrda.
"Menga qo’yib bersangiz, begunoh odamlarni o’ldirayotganlar bilan muzokara qilmagan bo’lardim. Tolibon – erkinlik dushmani, erkin Afg’oniston dushmani. Butkul tor-mor etilmaguncha ularga qarshi jang qilish lozim. Ammo Afg’oniston kelajagini afg’onlarning o’zi hal qilishi kerak, Kobul esa toliblar bilan muzokara qilmoqchi ekan, nachora", - deydi respublikachi kongressmen.
AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygelning aytishicha, Afg’oniston prezidenti Qo’shma Shtatlar bilan xavfsizlik bitimini imzolashni cheksiz muddatga qoldirishi mumkin emas.
"Bu AQShning mamlakatda oz sonli qo’shinlarni qoldirish tashabbusini rejalashtirish va moliyalashiga imkon bermayapti", - deydi Xeygel.
Kobul nazarida Afg’onistonda qoladigan amerikalik askarlar afg’on qonunlariga bo’ysunishlari lozim va jinoyatga qo’l ursa, ularning ishi mahalliy sudda ko’rilishi kerak. Qo’shma Shtatlar bunga e’tiroz bildirmoqda. Bundan tashqari Karzay AQShdan Tolibon bilan muzokara qilishda yordam so’ramoqda.
Shu hafta afg'on rahbari Kobul yaqinidagi Bagram aviabazasi qamoqxonasida saqlanayotgan 88 jangaridan ba’zilarini ozod etishga qaror qildi. Bu hol ham AQSh g'azabiga sabab bo'ldi. Qo'shma Shtatlar harbiy bazadan hozirda foydalanmoqda.
Prezident Karzay oy boshida mahbuslarning ishlarini ko’rib chiqishni buyurgan. Bu ishga qo’l urgan taftish komissiyasi xulosasiga ko’ra, 72 mahbusning ishini sudga oshirish uchun dalil yetarli emas va ular ozodlikka chiqishi mumkin.
Karzay Bagram qamoqxonasini “toliblar fabrikasi” deb ataydi. U yerda qiynoqqa solingan mahbuslar mamlakatiga nisbatan nafrat hissi bilan to’ladi, deydi u.
Biroq AQSh harbiylari dalil yetarli va kuchli, demoqda.
“Ozod etilgan 37 odamdan 17 nafari xurujlarda qatnashgan, uch kishi afg’on zobitlarini o’ldirgan yoki yaralagan, yana to’rttasi koalitsiya qo’shinlariga qarshi xurujlarga aloqador”, deyiladi Amerika qo’mondonligi bayonotida.
Joriy oy Afg’onistonga safar qilgan bir guruh AQSh senatorlariga ko’ra, mahbuslarni sud qilmay ozod etish ikki davlat aloqalariga putur yetkazishi mumkin.