Amerika harbiylari Afg'oniston uchun 2014-yildan keyin ikki ssenariyni taklif qilmoqda. Yo 10 000 askarni qoldirish, yo qo'shinlarni butunlay olib chiqish.
Bu reja anchadan beri yangrab keladi. Biroq NATO kuchlari qo'mondoni, general Jozef Danford Oq uyga rasman o'tgan hafta murojaat qilgan.
Bu haqda "Wall Street Journal" va "New York Times" xabar beradi.
Hozir Afg'onistonda Amerikaning 37 500 askari, NATOdagi ittifoqchilarning 19 ming harbiysi bor.
Afg'oniston parlamenti quyi palatasi, mudofaa qo'mitasidan rasmiy Hoji Solih Muhammad Solihning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, xorij askarlari haqiqatan butunlay ketmoqchi bo'lsa, avval Amerika afg'on qurolli kuchlari malakasini oshirishi maqsadga muvofiq.
"Afg'onistonga atalgan yordam oshirilishi kerak, shunda davlat oyoqda mahkam tura oladi", - deydi u.
Agar Qo'shma Shtatlar 10 000 askarni qoldirsa, talab shuki, ular 2017-yilda vatanga qaytishi lozim. Prezident Barak Obamaning xizmati muddati ham aynan o'sha tugaydi.
Afg'on tomoni Amerika bilan xavfsizlik bitimini hali tasdiqlamadi. Hujjat mamlakatda qoladigan qo'shinlar taqdirini belgilaydi.
Oq uy bitimni tezroq imzolashga undayapti, toki askarlar qoladigan bo'lsa, tayyorgarlik uchun ko'proq vaqt qolsin. Biroq afg'on rahbari Hamid Karzay aprelda prezident saylovlarida g'alaba qozongan odam kelishuvni hal qiladi, deydi.