AQSh: Internet hammaniki, hukumatlar uni boshqarmasin

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Internet hammaniki

Internet, global tarmoq, hamma uchun. Unga kirish kun sari osonlashib bormoqda, lekin ko'p narsa davlatlarning sa'y-harakati va siyosatiga bog'liq.

O'zbekiston va qo'shni davlatlarda, masalan, internetda ko'plab saytlarga to'siq qo'yilgan, jumladan bizning saytimizga. Hukumatning maqsadi sizni xavfli informatsiyadan asrash. Lekin xavfli informatsiya, hukumat nazarida, uning siyosatini tanqid qiluvchi, mamlakatdagi vaziyat va siyosatni savolga tutuvchi materiallar.

“Internetni hukumatlar boshqarmasligi kerak”, - deydi AQSh Davlat kotibi muovini Tom Malinovskiy.

“Internet bugungidek kuchli vositaga aylanganiga sabab ham shu – chunki uni hukumatlar nazorat qilmaydi. Internet o’zi organik ravishda, butun dunyo bo’ylab odamlarning zehni va iste’dodi bilan rivojlanib kelmoqda. Va shunday bo’lib qolishi kerak”, - deydi u.

“Yoshlar doimo ilmga, axborotga intilib yashaydi. Hukumatlar ularni fikrini ochiq aytishdan, bir-birini tinglashdan, o’qish, ta’lim olish imkoniyatidan ayira olmasin”.

“Internet boshqaruvi ko’p bo’g’inli bo’lishini istaymiz. Bu degani, nohukumat tashkilotlar, biznes uyushmalar, oddiy fuqarolar tarmoqni birgalikda boshqaradi, mushtarak qarorlar qabul qiladi. Internetga har kuni millionlab, milliardlab odam foydalanadi. Demak, tizim ularning ehtiyojiga qarab tabiiy ravishda rivojlanib borishi lozim”, - deya qo'shadi AQSh rasmiysi.