Qrim kelajagi atrofidagi qizg'in bahs-munozara Ukraina va Rossiyani bir-biriga qarshi qilib qo’ydi.
Ikkinchi jahon urushi so’ngida mintaqa xaritasining qayta chizilishini boshdan kechirgan Qrim sohilidagi Yalta shahri yana bir bor katta siyosiy o’zgarishlarga guvoh bo’lsa ajab emas.
Rossiyaparast kuchlar avtonom respublikada nazoratni allaqachon o’z qo’liga olgan. 16-martga belgilangan referendum esa uning rasman Rossiya tarkibiga qo’shilishi masalasini ko’taradi.
Ammo Yaltadagi istirohat maydonlari, odatdagidek, sokin. Oilalar dengiz manzarasidan zavq olish uchun sohilga chiqqan.
Biroz narida qad ko’targan Lenin haykali ostida esa rossiyaparast guruhlar yig’in o’tkazmoqda.
Svetlana - Rossiya fuqarosi. Turmush o’rtog’i Rustam esa Qrim tatarlaridan, Ukraina fuqaroligiga ega. Uch yil avval Ukrainaga ko’chgan Svetlana Rossiyaning bostirib kirish rejasini nohaqlik deya qoralaydi.
“Bu yerda hech kim ruslarga zarar yetkazayotgani yo’q. Buni men shaxsan bilaman. Hammayoq tinch bu yerda. Putin kelguncha hech qanday muammo bo’lmagan edi”, - deydi u.
Rustam esa tahdid faqat mintaqaning rus bo’lmagan aholisiga nisbatan mavjudligini aytadi.
“Qrim tatarlari va ukrain xalqining huquqlari toptalyapti. Bizga yordam bering, deb sizga murojaat etmoqchiman”, - deydi u.
Zarur bo’lsa, o’zi uchun qadrli bo’lgan narsalarni himoya qilish va urushishga ham tayyorman, deydi Rustam.
Mojaroning markazida vatan tushunchasi turibdi. Ruslar bir necha asr davomida Qrim Rossiyaning yeri bo’lganini da’vo qiladi. Pushkindan tortib Chexovgacha - ko’plab rus ijodkorlari uchun Qrim ilhom manbai bo’lib kelgan. Shu bois ham Rossiya uni qayta egallash ahdida qat’iy ko’rinadi.
http://english.share.voanews.eu/flashembed.aspx?t=vid&id=1867857&w=500&h=284&skin=embeded