Bundan 20 yil ilgari hech kimning tushiga ham kirmagan kiber-jinoyatchilik tushunchasi bugun ko’pgina davlatlar va kompaniyalar uchun katta muammo.
Hisoblarga ko’ra, buzg’unchilik va ma’lumot o’g’irlash har yili global miqyosda 100 milliard dollar ziyon keltiradi. Ammo mustahkam himoya tizimlari yaratilganicha yo’q.
Siz kimsiz, qaysi mamlakatda yashaysiz – xakerlar uchun buning ahamiyati yo’q. Kompyuterdan foydalanyapsizmi, demak ular sizni istagan payt nishonga olishi mumkin.
Yaqinda Nyu-Yorkda federal prokuror sakkiz kishini xorijiy banklarning kompyuter tizimlarini buzib, 45 million dollar o’marganlikda aybladi.
“Bu internet orqali bir necha davlatda sodir etilgan 21-asrga xos bosqinchilik. Miltiq yoki maska bilan emas, kompyuterda o’tirib pulni o’g’irlashgan”, - deydi prokuror Loretta Linch.
“Whitehorse Technology Solutions” nomli xavfsizlik firmasi rahbari Alan Edvards xakerlar o’z ishida o’tkirlashib borayotganini qayd etadi. Nyu-Yorkdagi jinoiy ish, shuningdek, xitoylik xakerlar AQSh mudofaa sistemalariga doir ma’lumotlarni qo’lga kiritgani haqidagi xabarlar bunga misol.
“Hozirgi buzg’unchilar uyda zerikib qolgan 14 yoshli programmistlar emas, balki butun boshli jinoiy guruhlar. Hukumatlar ham yuritadi bunday dasturlarni”, - deydi u.
Edvardsning kompaniyasi tahdidlarga qarshi himoya tizimlarini yaratishga ixtisoslashgan.
Buni ortiqcha xarajat deb bilsangiz, kiber-xurujga uchrash qanchaga tushishini bir o’ylab ko’ring, deya maslahat beradi u.
“Bu sug’urtadek gap. Pul to’lab yurishni yomon ko’ramiz, lekin fojia ro’y berganda borligiga shukr deymiz”.
Himoya tizimlari muhim, albatta. Lekin kriminologiya bo’yicha professor Deyvid Maymon masalaga kengroq qarashni tavsiya etadi.
“Muammoni hal qilish ilinjida kompyuterga yopishib olganmiz, tarmoqlar xavfsizligiga kuchli e’tibor berayapmiz. Deylik, birov jinoyat sodir etganda uning qo’lida qanday qurol bo’lgani bilan cheklanib qolmaymizku. Ruhiy holatini ham tekshiramiz”, - deydi Maymon.
Maymon o’tkazgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, muayyan oliygohda xorijiy talabalar qancha ko’p bo’lsa, o’sha joyda kiber-xurujlar ro’y berishi ehtimoli ham yuqori.
“Boshqacha aytganda, kollejimizda falon davlatning studentlari ko’p bo’lsa, o’sha davlatdan hujumlar ham ko’payadi. Taxminan 40 foizga ko’payadi”.
Bu borada chuqurroq izlanish zarur. Dastlabki xulosa shuki, Amerikada o’qiyotgan talaba o’z mamlakatidagi veb sahifalarga kirib, xakerlar uchun yangi yo’llarni ochib bermoqda.
Deyvid Maymon kiber-jinoyatlar ortidagi sabablarni ham obdon o’rganmoqda. Internetdan foydalanuvchilar qanday qilib xakerlar e’tiboriga tushishi ham tadqiqotdan o’rin olgan.
Your browser doesn’t support HTML5