Oq uy oldida Rossiyaga qarshi namoyish o'tkazildi

  • Amerika Ovozi

Oq uy oldida o'tgan namoyishdan

Vashingtondagi Rossiya elchixonasi yaqinida norozilik namoyishlari o'tkazildi. AQShda istiqomat qiluvchi ukrainaliklar Oq uy binosi oldiga to'planib, Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan harakatlarini qoralab chiqishdi.

Ular 1994-yilda imzolangan Budapesht memorandumi asosida AQSh va Buyuk Britaniyani Ukraina hududiy yaxlitligini himoya qilishga chaqirdi.

Namoyishda 100 dan ortiq odam ishtirok etdi. Yig'ilganlar orasida ukrainaliklardan tashqari ruslar, belorussiyaliklar, gruzinlar, estoniyaliklar, latviyalik, chechen va boshqa millatlar ham bor edi.

Ular "Putin, Ukrainani tark et", "Ukrainadan qo'lingni tort" kabi shiorlarni ko'tarib chiqishdi.

http://golos-ameriki.share.voanews.eu/flashembed.aspx?t=phg&id=1862808&w=500&h=427&skin=embeded