Har yili yanvar oyining uchinchi dushanbasida Qo'shma Shtatlar fuqaro huquqlari uchun kurashgan Martin Lyuter Kingi xotirlaydi. Joriy yilda u 89 yoshga qadam qo’ygan bo’lar edi.
1963-yilning martida poytaxtda King “Bir orzum bor” nomli tarixiy nutqini so’zlagan. Uni tinglash uchun 250 mingdan oshiq odam jamul-jam bo’lgan.
Ana o’shanda aytilgan so’zlarni bugun Vashingtonda King haykali poyida o’qishingiz mumkin: “Tog’dek g’am-anduhdan umid toshini yo’ndim”.
O'sha nutqda mana bunday mashhur satrlar ham bor:
“Bir orzum bor: Bir kun kelib mening to’rt farzandim shunday mamlakatda yashaydiki, ular terisining rangi emas, ahloqi va iqtidoriga qarab baholanadi”.
Your browser doesn’t support HTML5
Haykalning balandligi to’qqiz metr keladi. Kingning qiyofasi ko’l osha prezidentlar Tomas Jefferson va Abraham Linkolnning maqbarasiga qaraydi.
Monument atrofi devor bilan o’ralgan va unga Kingning mashhur so’zlari bitilgan.
“Ishonchim komil, qurolsiz, tom ma’nodagi haqiqat va beminnat mehr-muhabbat oxir-oqibat g’olib keladi. Shu bois rostgo’ylik, harchand to’siqlarga dush kelmasin, razolatdan ustun keladi”.
Mana bu so’zlarni u Alabamada qamoqda o’tirganida yozgan: “Bir joydagi adolatsizlik har yerda beqarorlikka yetaklaydi”.
King 1968-yil otib o'ldirilganida 39 yoshda edi. Biroq u Amerika tarixida burilish yasab ulgurgan.