Prezident Donald Tramp Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo bilan ilk bor uchrashib, uni Oq uyda mehmon qildi. Ikki rahbar hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Trampning aytishicha, immigratsiya bobida tomonlar hamfikr. Lekin Trudo Oq uyning immigratsion cheklovlarini qoralab chiqqan va Tramp bilan bu masalada turlicha qarashga ega. Kanada 40 ming qochqinga eshigini ochmoqda, AQSh hukumati esa ularni kiritmaslik yo'llarini izlamoqda.
VIDEO (inglizcha): Tramp deydiki, Kanada bilan o'zaro manfaatlar keng va yaqindan ishlamay iloj yo'q
Your browser doesn’t support HTML5
VIDEO (inglizcha): Trudo deydiki, Amerika-Kanada hamkorligi dunyodagi eng qudratli va mahkam rishtalardan biri
Your browser doesn’t support HTML5
Tramp Kanada, Meksika va AQSh orasida 1994-yilda imzolangan erkin savdo bitimini bekor qilmoqchi. Ottava bunga qarshi.
Kanada eksportining 75 foizi Amerikaga keladi, Amerika eksportining 18 foizi desa Kanadaga yo'l oladi. Oq uy nazarida qo'shni davlat ko'proq mahsulot sotib olishi kerak.
Bugungi uchrashuv, deydi rasmiylar, rahbarlar bir-birini tanib, muloqotni yo'lga qo'yishi va oradagi dolzarb masalalar haqida muzokara boshlashi uchun imkoniyat. Asosiy maqsad shu, deydi diplomatlar.
AQSh 300 milliondan oshiq aholiga ega va dunyodagi eng katta iqtisodiy tizim. Kanada aholisi Amerikanikidan 10 barobar kam, iqtisodi ham shunga yarasha. Biroq umuman olganda, Kanada iqtisodiyoti 1,5 trillion dollarga teng bo'lib, Katta Yettilikka kiradi.
AQSh va Kanada davlatlar sifatida vujudga kelganidan beri do'stona va yaqin aloqaga ega va namunali qo'shnilardir, deya eslatadi arboblar.
VIDEO (inglizcha): Trampning aytishicha, Amerika va Kanada xotin-qizlari uchun biznes imkoniyatlarini kengaytiruvchi yangi loyiha yo'lga qo'yiladi
Your browser doesn’t support HTML5
VIDEO (inglizcha): Trudo fikricha Amerika va Kanada orasida ochilmagan imkoniyatlar talay
Your browser doesn’t support HTML5