Breaking News

Tramp: AQSh Tinch okeani doirasidagi savdo bitimidan chiqadi


Prezidentlikning birinchi 100 kuni
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

Prezidentlikning birinchi 100 kuni

Prezident Donald Tramp Barak Obama davrida erishilgan yirik savdo bitimini "AQSh iqtisodiyotiga xavf" deb hisoblab, mamlakatni bu kelishuvdan chiqaradi. Ushbu bitimga Tinch okeani bo'yidagi 12 davlat qo'shilgan. Bir necha yil davom etgan muzokaralar natijasida erkin tijorat tizimi ustida kelishilgan edi. Kongress uni hali tasdiqlamagan. Bitim Yaponiyadan tortib, Meksikagacha bo'lgan hududni qoplaydi.

Tarixda bunday katta territoriyani qoplovchi savdo bitimi bo'lmagan. Chunki dunyo iqtisodiyotining 40 foizi haqida gap ketmoqda. Jahon bo'ylab qilinadigan savdoning 75 foizi shu mamlakatlarga to'g'ri keladi. Xitoy bu kelishuvga kirmagan, lekin AQSh undan chiqsa, Pekin bu borada o'z rejalariga ega. Xitoy yetakchiligida yangi muzokaralar boshlanishi mumkin.

Video: Trampga ko'ra, AQSh manfaatlari birinchi o'rinda bo'ladi. (inglizcha)

Trump: 'We’re Going to Have a Tremendous Amount of Business Coming Back'
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:30 0:00

Obama o'tgan yili bu bitimni targ'ib qilar ekan, "jahon iqtisodiy qoidalarini Xitoy emas, biz belgilashimiz kerak",- degan edi.

Biroq yangi Prezident Tramp fikricha, bu kelishuv Amerikadan ish joylarining chetga ko'chishi, mahalliy sanoat qisqarishi va bizneslarning zarar ko'rishi uchun zamin yaratadi.

Oq uyning qayd etishicha, AQSh Tinch okeani bo'yidagi har bir davlat bilan alohida savdo kelishuvi yuzasidan muzokara olib boradi va alohida bitimlar imzolanishi ko'zlangan.

Tramp Amerika sanoati avvalo vatanda gurkirashi uchun imtiyozlar taklif qilmoqchi. Arzon ish kuchi qidirib chet elga ketayotgan bizneslarning mamlakatda qolishini ta'minlamoqchi. Bu maqsadda u soliqlarni kamaytirishni rejalagan.

"Mahsulotini xorijda ishlab chiqarayotgan bizneslar esa jazolanadi", - deydi Tramp.

U 1994-yildan beri amalda bo'lgan Shimoliy Amerika Erkin Savdo Bitimidagi shartlarni yangilamoqchi.

Video: Tramp Amerika bizneslari uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqchi

Trump Tells Business Leaders He Will Cut 75% of Regulations
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:06 0:00

Yaqin kunlarda AQShning yangi rahbari Kanada bosh vaziri va Meksika prezidenti bilan uchrashadi. Ikki qo'shni Amerikaning eng yaqin hamkorlari. Lekin bu uchrashuvlardan oldin u Oq uyda Britaniya Bosh vazirasi Tereza Mey bilan muzokara olib boradi. Asosan qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqayotgani va NATO kelajagi haqida gap ketadi.

Oq uy kelasi haftalar ichida Kongress bilan yaqindan muloqotni yo'lga qo'yib, Obama davrida kuchga kirgan qonunlar va boshlangan islohotlarni bekor qilish bilan mashg'ul bo'ladi.

Inauguratsiya ketidan Vashingtonda Trampga qarshi yuz minglab odam namoyish qilib, yangi prezidentga xotin-qizlar huquqlari, jinsiy tenglik, qonun ustuvorligi va adolat haqida eslatdi. Avvaliga namoyishlarni kalaka qilgan Tramp keyinroq "Twitter" sahifasida xalq o'z fikrini bildirishga haqli, bu - demokratiya, deya yozdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG