Chegara bilmas shifokorlar: Ebolani eplay olmayapmiz

  • Amerika Ovozi

Siyerra-Leone

Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti rahbarining tan olishicha, G’arbiy Afrikada xatarli Ebola virusi shu qadar tez tarqalayaptiki, tibbiyot xodimlari chora ko’rishga ulgurmayapti.

Tashkilot prezidenti Joan Lyu so’zlariga ko’ra, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti epidemiyani jilovlash uchun dadilroq harakat qilishi kerak.

Lyu G’arbiy Afrikaga 10 kunlik safari ortidan Jenevada so’zladi. Virus qamragan davlatlarda ahvol urush holatini eslatadi, deydi u.

“Odamlar qo’rquvda, qayerda bormang, vahima hukm surayapti. Nimalar ro’y berayotganini hech kim tushunmayapti”, - deydi Chegara bilmas shifokorlar rahbari.

Uning taxminicha, epidemiyani nazoratga olish uchun yarim yil vaqt ketadi.

Payshanba kuni Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Ebola bilan bog’liq ahvol avval o’ylanganidan xavfli ekanini tan oldi.

BMT hisob-kitobiga ko’ra, Gvineya, Liberiya, Nigeriya va Siyerra-Leoneda Eboladan 1069 odam nobud bo’ldi. Yana chamasi ikki ming kishida virus aniqlandi.

Ebolaga davo topilganicha yo’q.