Misrda "Musulmon birodarlar" faoliyati man qilindi

"Musulmon birodarlar" tarafdorlari, Iskandariya, Misr, 20-sentabr, 2013-yil

Misr sudi “Musulmon birodarlar” harakatining barcha faoliyatini man qilishga qaror chiqarib, mulkining musodara etilishini buyurdi. Guruh so’nggi bir oydan beri ta’qib ostida, yetakchilari hibsga olingan.

Muvaqqat hukumat islomiy kuchlarni Qohiradagi namoyishlar paytida politsiya bilan to’qnashib, yuzlab odamning o’limiga sabab bo’lganlikda ayblaydi.

85 yillik tarixga ega harakat faoliyati sobiq prezident Husni Muborak va undan oldingi davrda ham man qilinib, guruh maxfiy ish olib borar edi. Muborak hokimiyatdan ag’darilgach, prezidentlikka “Musulmon birodarlar”dan vakil Muhammad Mursiy keldi, biroq u ham hokimiyatda ko’p qolmasdan harbiylar tomonidan chetlashtirildi.