Misrda panjara ortida o’tirgan sobiq prezident Muhammad Mursiyga Qatarga milliy xavfsizlikka doir maxfiy hujjatlarni uzatganlik aybi qo’yilmoqda.
Bosh prokurorga ko’ra, Mursiy va uning 10 safdoshi Qatar razvedkasi bilan hamkorlik qilganlik, xiyonat aybi bilan sudlanadi.
Prokurorning aytishicha, Qatarga uzatilgan hujjatlarda Misr armiyasi va qurollariga doir maxfiy ma’lumotlar bo’lgan.
Mursiyni yana uch sud jarayoni kutmoqda. Aybdor deb topilsa, o’limga mahkum etilishi mumkin.