Misrda yangi parlament qasamyod keltirdi

  • Amerika Ovozi

Misrda inqilobdan keyin parlamentning ilk yig'ilishi

Misrda yangi saylangan parlament quyi palatasining ilk sessiyasi bo'lib o'tdi.

Islomiy partiyalar qonunchilik organida eng ko'p o'rinlarni egallagan.

Jumladan, Musulmon Birodarlar harakati qoshidagi "Ozodlik va adolat" partiyasi 498 o'rinlik parlamentning deyarli yarmini qo'lga kiritdi.

Deputatlar o'tgan yili hukumatga qarshi namoyishlarda halok bo'lgan misrliklarni bir daqiqali sukut bilan xotirladi. So'ng har biri konstitutsiyaga qasamyod keltirdi.

Ba'zilari qasamyod matnini o'zgartirib aytishga harakat qildi.

Masalan, islomiy partiya a'zolaridan biri shariatga qasamyod keltirdi; bir necha liberal deputat esa sobiq prezident Husni Muborakka qarshi inqilob g'oyalarini davom ettirishga so'z berdi.

Ammo marosimni boshqargan eng keksa deputat Mahmud al-Saqqah ularni yangidan qasamyod keltirishga majburladi.

Saad Katatni 399 ovoz bilan palata spikerligiga saylandi.