Misr rahbari Oliy sudga javob berdi

  • Amerika Ovozi

Prezident Muhammad Mursiy, marshal Husayn Tantaviy Qohirada, 10-iyul, 2012-yil.

Misrda prezident Muhammad Mursiy avvalroq tarqatib yuborilgan parlamentni qayta ishga chorlagan, biroq Oliy sud bu qarorni rad etgan.

Natijada minglab fuqarolar poytaxt Qohiraning Tahrir maydonida prezidentni yoqlab namoyishga chiqqan.

Mursiy da’vati bilan diniy guruh - Musulmon Birodarlar hukmron parlament kecha majlis qildi va shu tariqa prezident va adliya tizimi o’rtasida taranglik yaqqol ko’zga tashlandi.



Oliy Sud va davlatni boshqarayotgan harbiy kengash parlamentga saylovlarda xatolar, soxtalashtirish ko’p edi, deya iyunda qonunchilik organini tarqatib yuborgan edi.

O’z navbatida deputatlar sud va generallar qarorini savolga tutib, kurashga tayyormiz, deydi.

Mursiy sud javobini hurmat qilishini, siyosiy kuchlar va adliya bilan murosa izlashga tayyorligini aytadi.

Misrni oxirgi 60 yil harbiylar boshqargan, Muhammad Mursiy davlat tepasiga kelgan, armiyaga aloqasi bo’lmagan ilk arbob.

Mursiyning tarafdorlari namoyishga chiqdi