AQSh Misrda nodavlat tashkilotlar xodimlariga qarshi hukmdan norozi

  • Amerika Ovozi
Qo’shma Shtatlar Misrda xorij nodavlat tashkilotlarining 43 xodimi mamlakatda g’alayon boshlashga uringanlikda aybdor topilganidan xavotirda.

Bular orasida ham misrlik, ham chet elliklar, xususan, amerikaliklar bor. Bu shaxslarga besh yilgacha qamoq jazosi belgilanib, jarima solingan.

Davlat kotibi Jon Kerrining bugungi bayonotida ta’riflanishicha, bu sud ishi siyosiy tomoshadir.

Sud hukmiga ko’ra, qator xalqaro tashkilotlar, xususan, Freedom House, Milliy Demokratiya Instituti, Xalqaro Respublikachilar Institutining Misrdagi idorasi yopiladi.

Kerri nazarida bu qaror Misr hukumatining fuqarolik jamiyatini qo’llab-quvvatlashdagi roliga mutlaqo ziddir.

AQSh fuqarolik guruhlari va nodavlat tashkilotlarni har qanday demokratiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida ko'radi.

Erkinlik, uzviy huquqlar, fuqarolarga imkon berish, hukumatlarni savolga tutishda hal qiluvchi rol o’ynaydi ular, deyiladi AQSh bosh diplomatining bayonotida.