Misrda rahbarlar aybni Musulmon Birodarlarga qo'ymoqda

  • Amerika Ovozi

Al-Fath masjidi oldida, Qphira, 17-avgust, 2013

Misr bo’ylab so’nggi kunlarda amalga oshirilgan keng qamrovli jinoyatlarda Musulmon Birodarlar javobgar tutilib, partiya man etilishi mumkin.
Qohirada qonli chiqishlar, zo’ravonliklar davom etmoqda. Bugun hukumat kuchlari namoyishchilar yashiringan masjidni o’qqa tutgan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 17-avgust, 2013


Qohiradagi al-Fath masjidi qurshab olingan. Uning ichida Musulmon Birodarlarning yuzlab vakillari, prezidentlikdan ag’darilgan Muhammad Mursiyning tarafdorlari o’tiribdi.

Xavfga qaramay masjid oldida olomon. Kimdir Musulmon Birodarlar va Mursiyni yoqlasa, kimdir ular terrorist deya hayqiradi.

Masjiddagilar orasida xotin-qizlar ko’p. Politsiya ular chiqishi mumkin, otilmaydi, deya kafolatlasa-da, namoyishchilar bundan bosh tortdi.

Muvaqqat Bosh vazir Hazim al-Biblaviy deydiki, hukumatning maqsadi zo’ravonlikka chek qo’yish, haloyiqni tartibsizlikka undayotgan tomonlarni bostirish. Boshqaruv, deydi u, qurolli hujumlarga qurol bilan javob beradi.

Lekin Mursiy tarafdorlarining aytishicha, hukumat begunoh odamlarni qirishga bel bog’lagan va buni isbotlab bo’ldi ham.

Kechaning o’zi Misr ko’chalarida 173 kishi o’lgan. 1000 dan oshiq odam jarohatlangan. Halok bo’lganlardan 57 nafari zobitlar. Hukumat shunday hisobot bermoqda.

Ammo Musulmon Birodarlar nazarida nobud bo’lganlar katta sonni tashkil etadi va rahbarlar haqiqatni yashirmoqda. Rasmiylar esa islomiy harakatni ig’voda ayblaydi.

Muvaqqat hukumat Misr bo’ylab so’nggi kunlarda amalga oshirilgan keng qamrovli jinoyatlarda Musulmon Birodarlarni javobgar tutib, bu partiyani man etish maqsadida.

700 dan ziyod insonning yostig’i qurigan. Mursiy tarafdorlari aslida bu son minglarni tashkil etadi desa, hukumat jamiyatni zo’ravonlikka undagan Musulmon Birodarlardir va har bir jasad uchun ular adolat oldida javob beradi, deydi.