Misrda Muhammad Mursiy hokimiyatdan ag'darildi. Boshqaruv hozir armiya qo'lida, konstitutsiya bekor qilinib, endi muvaqqat hukumat tuziladi.
Harbiylar erta saylovlar o'tkazishga chaqirmoqda. Konstitutsion sud rahbari Adli Mansur mamlakatning muvaqqat boshlig'i etib tayinlangan.
Mansur xalqni tinchlik saqlashga va birdamlikka undadi.
Armiya avvalroq Mursiyga millionlab namoyishchilar talabini qondirishni tavsiya qilib, bugun peshingacha vaqt bergan edi.
Mursiy shartni qabul qilishdan bosh tortgach, harbiylar oraga tushgan. Mursiy va uning safdoshlarining harakati cheklangan.
O'tgan yili davlat tepasiga kelgan Mursiy norozilik namoyishlarini qoralab, armiya ogohlantirishiga qaramay o’z ma'muriyatini himoya qilishga urindi.
Arbob davlat tepasida qolish ahdida qat’iy ekanini bot-bot takrorladi.
"Bu yo’lda jonimni fido qilishga ham tayyorman", - degan edi u kechagi chiqishida.
Mursiy, shuningdek, armiyadan mojaroga aralashmaslikni talab qilgan edi.
Qohirada yarim millionga yaqin odam namoyishga chiqqan. Shahar ko'chalarida tanklar, og'ir qurollangan zobitlar xizmatda.
Namoyishchilar orasida Mursiyni quvvatlaganlar ham bor, ammo aksariyat omma undan norozi va prezident olinganidan mamnun. Rahbarlar xalq bilan o'ynashmasin, deya hayqiradi faollar.
Muxolifat rahbari Muhammad al-Barodiy armiya qarorini olqishlab, Misr yangi saylovlar va demokratik tanlovga hozirlik ko'rsin, deya bayon qildi.
Qohira Universiteti yaqinida Mursiyga xayrixoh fuqarolar yig’ini qonli tus olib, 16 odam o'lgan, 200 dan ziyodi jarohatlangan.
Oxirgi ikki yarimda yilda Misrda rahbar ikkinchi bor o'zgarishi. 2011-yilning boshida uzoq yillik avtoriatar rahbar Husni Muborak uloqtirilgan edi. Bu safar esa demokratik saylovlar yo'li bilan tanlangan rahbar lavozimdan chetlatildi.
Xalqaro hamjamiyat o'zgarishni hazm qilishga urinar ekan, Amerika tinchlikka undagan. Kelajak Misr xalqi qo'lida, AQSh uni quvvatlaydi, deya bildirmoqda Vashington.
Biroq yiliga bu davlatdan 1 milliard dollar miqdorida yordam oladigan Misrda anti-amerikanizm avjida. Diplomatlar xavfsizligidan xavotirlangan Obama ma'muriyati elchixonani evakuatsiya qilmoqda.