Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan havoga ko'tarilgan samolyot oradan ko'p o'tmay yerga qulab, 149 yo'lovchi va 8 ekipaj a'zolarining barchasi halok bo'lgan. Yo'lovchilar Keniya, Kanada, AQSh, Britaniya, Misr, Rossiya Xitoy va 30 ga yaqin boshqa mamlakatlardan.
"Boing-737" samolyoti Efiopiyadan Keniyaga uchayotganda sodir bo'lgan fojia sabablari hozircha noma'lum. Pilot layner qulashidan oldin qandaydir muammo chiqqani haqida xabar berib, aeroportga qaytishini bildirgan.
Guvohlar voqea joyida katta yong'in yuz berganini aytishadi.
Efiopiya Havo Yo'llari ma'lumotiga ko'ra, samolyot bortida, jumladan, 32 keniyalik, 18 kanadalik, 9 efiopiyalik, 8 italiyalik, 8 xitoylik, 8 amerikalik, 7 britaniyalik, 7 fransuz, 6 misrlik, 4 hindistonlik bo'lgan.
Xuddi shu rusumdagi samolyot o'tgan yili oktabrda ham Indoneziyada dengizga qulab, qariyb 190 kishi halok bo'lgan edi.