Bugun Eronda Qirg'izistondan go'sht tashiydigan yuk samolyoti halokatga uchrab, 15 kishi o'lgan. Voqea Tehrondagi Fath aeroportida yuz bergan.
Aeroportni Eronning maxsus kuchlari, Inqilobiy gvardiya, boshqaradi. Samolyot islomiy respublikaning "Saha Airlines" kompaniyasiga tegishli.
Boeing 707 texnik muammo sabab qo'nishga urinayotgan bo'lgan va qulagan.
2016-yildan beri mamlakat Qirg'izistondan go'sht mahsulotlari oladi. Bortdagi bir kishi tirik qolgan xolos.
Facebook Forum