Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo'yicha mas'ul rasmiysi Ketrin Eshton inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Human Rights Watch xalqaro tashkilotining O'zbekistondagi idorasi sud hukmiga ko'ra yopilganidan taassuf bildirgan.
"Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan aloqalarni kuchaytirishga bel bog'lagan, biroq bu jarayon inson huquqlari, demokratlashtirish va qonun ustuvorligi sohalaridagi yutuqlarga qarab belgilanadi" deyiladi rasmiy bayonotida.
"Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga bu borada yordam berishga, o'z tajribasi bilan o'rtoqlashishga tayyor. Demokratik institutlar, qonun ustuvorligi va asosiy erkinliklar ta'minlansagina, davomiy taraqqiyot bo'ladi. Tashkilot O'zbekiston hukumatini Yevropa Ittifoqi doirasidagi inson huquqlari muloqot jarayonida faol bo'lishga chaqiradi" deyiladi bugun chop etilgan bayonotda.