Kengash chop etgan hujjatda O'zbekiston yutuqlari ham, kamchiliklari ham tilga olinadi.
Yevropa Ittifoqi Kengashi kecha O'zbekiston bo'yicha bir hujjat qabul qilgan.
Unda aytilishicha, Kengash O'zbekistonda inson huquqlari, demokratik taraqqiyot, qonun ustuvorligiga doir ahvolni o'rganib, Yevropa Ittifoq-O'zbekiston munosabatlarini yaxshilash uchun rasmiy Toshkent hali ko'p ishlar qilishi kerak degan xulosa qilgan.
Hujjatda O'zbekistonning iyun oyida Qirg'iziston janubidagi xunrezlikdan qochgan odamlarga yordami, chegara xavfsizligi, ta'lim, atrof-muhit, energetika sohalarida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi ijobiy baholanadi.
Kengash mamlakatda inson huquqlari ahvolidan xavotirda ekanini ham bildirib, hukumatni islohotlarga chaqiradi.