Yevropa 120 ming qochqinni taqsimlash borasida kelisha olmadi

  • Amerika Ovozi

Serbiya-Vengriyadagi muhojirlar

Yevropa ichki ishlar vazirlari 120 ming qochqinni Yevropa Ittifoqi davtlatlarida joylash rejasi yuzasidan kelisha olmadi.

Dushanba kungi majlisda aksariyat vazirlar kvota sistemasini yoqlab chiqqan. Lekin Sharqiy Yevropa mamlakatlari, jumladan, Vengriya va Slovakiya qarshi. O'rta dengizni suzib o'tayotgan qochqinlar birinchi bo'lib ana shu davlatlar sohillariga chiqadi va so'ng G'arbiy Yevropaga yo'l oladi.

Vazirlar faqat 40 ming odamni Gretsiya va Italiyada joylashtirish masalasida fikri bir joydan chiqdi.

Yevropaning ayrim davlatlari Suriya va boshqa yurtlardagi urushlardan qochayotgan odamlarga eshiklarni ochayotganlikda Germaniyani ayblaydi. Berlin esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mas'uliyatni teng ko'tarishdan bosh tortayotgani uchun asabi tarang.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban migrantlarni Yevropa Ittifoqiga kiritmaslikka eng ko'p da'vat etayotgan arbob. "Biz minglab yillik boy xristian tarixiga ega davlatmiz", - deydi u. "Global bir odamlar oqimi Vengriyaning tarkibini va qiyofasini o'zgartirib yuborishiga yo'l qo'ymaymiz", - deydi Orban.

Joriy yilda Suriya, Iroq va boshqa notinch o'lkalardan 430 ming odam Yevropaga yetib kelgan. Minglab odamlar O'rta dengizdan o'tayotib cho'kkan.