Manchesterdagi portlashda 22 kishi halok bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Manchesterliklar motamda

Britaniyaning Manchester shahrida 22-may oqshomi "Manchester Arena" yopiq stadionida ro'y bergan teraktda 22 odam halok bo'lgan, 53 kishi yaralangan. O'lganlarning aksariyati yoshlar.

"Islomiy davlat" terror guruhi hodisa uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgani xabar qilinmoqda.

Bosh vaziri Tereza Mey hodisani «terror xuruji» deb atadi. Portlash tafsilotlari yuzasidan tergov davom etmoqda.

Amerikalik xonanda Ariana Grandening konserti tugashi ortidan ro'y bergan portlashda halok bo'lganlar soni oshishi mumkin.​

Jahon yetakchilari, jumladan, AQSh Prezidenti Donald Tramp teraktni keskin qoraladi.

Matbuot xabariga ko'ra, hujum xudkush bombachi tomonidan sodir etilgan. Uning sheriklari bor-yoʻqligi oʻrganilmoqda. Dastlabki farazlarga koʻra, hujumchi portlovchi uskunani kontsert zaliga olib kirgan. Soʻngra uni harakatga keltirib, oʻzini portlatgan.