Kaliforniyadagi universitetlar sohaga endi kirayotgan prodyuser va rejissyorlar uchun yaxshi ustaxona sanaladi.
Gollivud jahon kino sanoatining poytaxti bo’lib, ko’plab yoshlar film yaratib muvaffaqiyat qozonish umidida o’sha yerga oshiqadi.
Kaliforniyadagi universitetlar sohaga endi kirayotgan prodyuser va rejissyorlar uchun yaxshi ustaxona sanaladi.
Kaliforniya universitetida talabalar kino olishning “motion-capture” nomli usulini o’rganadi. Rejissyor Jeyms Kameron 2009-yilgi “Avatar” filmida ana shundan foydalangan edi.
Student Ayvi Lin Xitoyning Shandon provinsiyasidan. U o’zi yaratgan filmini yakunlash arafasida. Madaniy farqlar, hissiyot va xitoycha taom haqida so’z boradi unda. Talaba qiz kasbiy hayotga jiddiy tayyorgarlik ko’rayapti.
“Film prodyuseri yoki marketing bo’yicha ekspert bo’lmoqchiman. Amerikada yoki Xitoyda”, - deydi u.
U kino mahsulotini tugatish uchun internetda pul jamg’arishga muvaffaq bo’ldi. Pekinlik kursdoshi Melinda Pan unga yordam berib yubordi. Melinda ham o’zining bitiruv ishini tugatib qoldi.
Xitoy va Qo’shma Shtatlar anchagina filmlar ustida birga ishladi. “Temir Odam” kartinasi bir misol.
“Ilmiy-fantastik filmlar bugun boshqa janrlardan mashhur. Bunaqa kinoni suratga olish uchun yaxshigina texnik mahorat talab qilinadi. Xitoyda ham bozori chaqqon. O’zim melodrama muxlisiman”, - deydi Melinda.
Melinda Panning filmi AQShdagi ko’chmas mulk savdogari va Xitoydagi xaridor o’rtasida tushunmovchilik haqida. Talaba prodyuser yoki rejissyor bo’lmoqchi, u yoki bu davlatda.
Professor Bridjet Murneynning aytishicha, kollejda bola raqamli texnologiyani puxta o’rganadi. Kaliforniya universiteti va qo’shni ta’lim maskanlariga chet eldan tobora ko’p talaba kelmoqda.
“Televideniye va film olamining poytaxti qayer? Los-Anjeles! Xorijlik bolalarni jalb qilayotgan ham shu”, - deydi Murneyn.
Hindistonlik Nidin Patelni Kaliforniya universitetiga yetaklagan jihat – aynan xalqaro studentlar serob ekani.
“O’rtoqlarim, hamkasblarim, sinfdoshlarim butun dunyodan. Bilim o’rganaman, ham har xil madaniyatlar bilan tanishaman. Bo’sh vaqtimni mana shu odamlar bilan o’tkazaman”, - deydi u.
Bu tajriba xalqaro kino sanoatida bemalol ishlab ketishim uchun kerak bo’ladi, deydi gujaratlik Nidin.
Your browser doesn’t support HTML5