Har bir inson hayotida moliyaviy rejalash muhim ahamiyatga ega ekanini yaxshi tushunadi, ammo ko'pchilik bunga jiddiy e'tibor bermaydi.
Amerikada bu ish bilan shug'ullanadigan maxsus mutaxassislar bor. Ya'ni ular har bir mijoziga (mijozlar esa, odatda, oddiy insonlar bo'ladi) pulni qanday sarflash, qayerga sarflash va kelajak uchun qanday mablag' jamg'arish yo'llarini o'rgatadi.
Bu narsa uchun mutaxassis kerakmi? Har bir inson o'z topgan pulini o'zi tasarruf qila olmaydimi?
Aslida har bir inson buni o'zi uddalasa ham bo'ladi, ammo moliyaviy rejalash bo'yicha mutaxassislarning aytishicha, AQShda moliya eng ko'p nazorat qilinadigan sohalardan biri va mutaxassis maslahati olinmasa, oddiy insonlar xato qilib qo'yishi yoki mablag'ini eng optimal ravishda sarflash bo'yicha ko'zlangan maqsadiga erisha olmasligi mumkin.
Suhrob Ismoilov ana shunday mutaxassislardan. Asli o'zbekistonlik bo'lgan bu yigit bugun Nyu-York shahrida yashab, moliyaviy rejalash sohasida faoliyat yuritmoqda. Uning aytishicha, Amerikada yashayotgan ko'plab o'zbekistonliklar moliyaviy rejalash masalasiga jiddiy qaramaydi va bu bilan ular hayotlaridagi eng katta xatolardan birini sodir etmoqda.
Bu mavzu nega bunchalik muhim? Amerikada yashayotgan muhojirlar pul jamg'arish, yashash uchun yetarli mablag' bilan nafaqa yoshiga yetib borish va turli kor-xollar ro'y berganda, daromad manbaidan ayrilib qolmaslik uchun nimalarga e'tibor berishlari kerak?
Suhrob Ismoilov bilan shu mavzularda suhbatlashdik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5