Rasmiy hisob-kitoblarga ko’ra, AQShda aholining 15 foizi ro’zg’orini tebrata olmayapti. Bu o’tgan 15 yildagi eng yuqori ko’rsatkich. Hozir bu mamlakatda har 8 fuqarodan biri oziq-ovqat kuponi oladi. Nodavlat tashkilotlar oziq-ovqat omborlari ochib, inqiroz davrida ishidan ayrilgan oilalarga yordam bermoqda.
Bu Vashington shahridagi “Manna” nomli oziq-ovqat markazi. Uning xizmatchilari kam ta’minlangan oilalarga yegulik ulashadi. AQSh iqtisodiyoti o’nglanayotgani haqidagi gaplarga qaramasdan, markazga keladiganlarning keti uzilmayapti, deydi tashkilot xodimlari.
Kim Damiyon bu tashkilot rahbari. Uning aytishicha markaz, o’tgan yili 160 ming tonna oziq-ovqat tarqatilib, haftasiga 4000 ming oilani boqqan.
“Inqirozdan oldin o’rta miyona yashayotgan oilalar bugunga kelib ishsizlikdan iqtisodiy tanglik qurboniga aylangan. Ko’p oilalar asosiy tirikchilik manbai bo’lgan yagona ishidan ayrilgan. Bizga yordam so’rab murojaat qilayotganlar ham asosan ana shular. Qo’limizdan kelgancha yordam berayapmiz",- deydi u. .
O’tgan ikki yil davomida oziq-ovqat ilinjida bu omborga kelayotganlar soni 45 foizga oshgan. Mana bu odam bir yildan beri ishsiz ekan.
“Bo’sh qop tik turmaydi. Birinchi navbatda qorinni toyg’azish kerak. Shundagina ish qidirishga quvvat va imkoniyat bo’ladi. “Manna” tashkilotidagilarni bo’riga shukur, omon bo’lishsin. Men bu yerga bir yildan beri kelaman. Doim yordam berishadi", - deydi u.
Mana bu oila haftada bir marta oziq-ovqat markazga kelib bolalariga non oladi.
“Oilada to’rt kishimiz. Oyligim zo’rga kun ko’rishga yetadi. Markaz bizga katta ko’mak.”
Stan Dayson ham uch yildan beri ish qidiradi.
“Yaxshi odamlar bor bo’lsin. Bu yerdan yegulik olib, bo’sh vaqtimni ovqat qidirishga emas, ish qidirishga sarflayman",- deydi Dayson
Kim Damiyon asos solgan tashkilot nochor ahvolda qolgan oilalarga yordam berish bilan birga bir qatorda maktab o’quvchilarini ham yoddan chiqarmaydi. Bu yili markaz mahalliy ilm maskanlarini ham bepul oziq-ovqat bilan ta’minlamoqda.
Bu omborlarga ovqat katta bizneslardan, xususan fabrika, supermarket va birlashmalardan xayriya sifatida keladi.