Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Freedom House yoki “Ozodlik Uyi” tashkilotining ayrim mamlakatlarda demokratik taraqqiyot bo’yicha yillik hisoboti chop etildi. Unda Rossiya eng ko’p tanqid qilinadi.
Hisobotda aytilishicha, so’nggi bir yilda repressiyalar kuchayib, Rossiya Yevrosiyodagi boshqa mamlakatlarga demokratik jarayonlar va institutlardan chekinish bobida namuna bo’ldi.
Hujjatda 29 davlatdagi ahvol o’rganilgan. 13 tasi demokratik, 6 tasi o’tish davrida, 10 tasi avtoritar deb baholandi. Hisobotga ko’ra, Rossiya yon atrofidagi mamlakatlarga salbiy ta’sir qilmoqda.
Markaziy va Sharqiy Yevropada o’tgan yili korrupsiya kuchaygani ta’kidlanadi. Ular orasida Yevropa Ittifoqiga a’zo 10 mamlakatdan beshtasi bir yilda salbiy tomonga og’gan.
“Ozodlik Uyi” Rossiya, Ozarbayjon va Qozog’istonda fuqarolik jamiyatining faoliyati qiyinlashganini qayd etadi. Ukraina va Qirg’izistonda esa aksincha uning kuchayganini.
Belarus, Turkmaniston va O’zbekistonda ahvol har doimgidek yomon, deya xulosa qilinadi hisobotda.