Breaking News

Erkinlik o’tgan bir yilda jahon bo’ylab yanada toptaldi


Artists perform in central Saint Petersburg to mark April Fools' Day.
Artists perform in central Saint Petersburg to mark April Fools' Day.
Inson huquqlari bo’yicha “Freedom House” – “Ozodlik uyi” tashkiloti yangi hisobot chiqarib, o’tgan bir yilda jahonda erkinlik yanada oyog’osti qilindi, deya xulosa qilmoqda.
O’tgan bir yilda jahon bo’ylab erkinliklar yanada toptaldi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00
Yuklab oling

Bugun jahon ahlining yarmidan ko’pi qisman erkin yoki mutlaqo erkin bo’lmagan davlatlarda yashamoqda. Vaziyat “eng yomon” mamlakatlar ro’yxatidan O’zbekiston va Turkmaniston ham joy olgan.

Inqilob natijasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni tamomila boy bergan mamlakat deb Misr ko’rsatilgan. Bu davlat qisman erkin degan maqomidan ayrildi.

Yangi hisobot muallifi Arch Puddingtonga ko’ra, dunyoning ko’pgina qismlarida manzara achinarli.

“Avtoritar tuzumlar va ularning yetakchilari bugun har qachongidan ko’ra o’ziga ishongan va shu bois bilganini qilayapti. Repressiv davlatlarning o’ziga xos bir koalitsiyasi, ittifoqi vujudga kelgan”, - deydi tadqiqotchi.

195 mamlakat va 14 hududda siyosiy huquqlar qay ahvolda ekanini o’rganib chiqqan Ozodlik uyi xulosasiga ko’ra, jahonda sakkiz yildan buyon erkinlik bobida oldinga siljish kuzatilgani yo’q. Dunyo aholisining 60 foizi, ya’ni 4.3 milliard odam, bugun qisman erkin yoki erkin bo’lmagan jamiyatlarda yashamoqda.

“Siyosiy elitalar doim ham zulm va zo’ravonlikka berilishi, xalqni ezishi shart emas. Siyosatni yuritish, siyosiy oppozitsiyani chetlashtirishning boshqa usullari ko’p”, - deydi Puddington.

Yevrosiyo jamiyatlari bu yili eng past baho oldi. Rossiya va Ukrainada fuqaro faolligi va matbuot yoppasiga cheklanmoqda. Yevrosiyosining 78 foiz aholisi yashaydigan davlatlar “erkin emas”.

Yaqin Sharqda Suriya vaziyat eng og’ir o’ntalikka kiradi. Bu ro’yxatdan, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va O’zbekiston ham joy olgan - siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy erkinliklar, uzviy huquqlar bag’oyat cheklangan jamiyatlar.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Xitoy hukumati ashaddiy huquqbuzar deb tanqid qilinadi. Regionning 43 foiz aholisi mutlaq nazorat ostida hayot kechiradi.

Tashkilotning bildirishicha, Afrikada 35 foiz aholi oddiy huquqlardan mahrum.

Qo’shma Shtatlar jahon bo’ylab eng erkin jamiyatlardan bo’lib qolmoqda. Ammo dunyoda bo’layotgan ishlar Vashingtonni tashvishga solishi aniq, deydi Ozodlik uyi direktori Deyvid Kremer.

“Fuqaro jamiyatiga yo’l bermayotgan davlatlar barqaror bo’lmaydi, ishonchli hamkor bo’la olmaydi”, - deydi u.

Demokratik davlatlar, ayniqsa AQSh, jur’atsiz bo’lib qolgan, deya bildiradi Ozodlik uyi. Avvalgidek qat’iyat, iroda yo’q. Yaqin Sharqdagi cheksiz muammolar bunga misol, deydi siyosiy tahlilchi Deyvid Shenker.

“Aksariyat amerikaliklar Yaqin Sharqdagi mojarolar bizning ishimiz emas demoqda. Na harbiy, na moliyaviy, na diplomatik jihatdan aralashishni istashadi. Asosiy e’tibor AQShning o’zidagi muammolarda”.

Demak, AQShdan ko’p narsa kutmang, deydi ekspertlar.
XS
SM
MD
LG