Bugun Gruziyada prezident saylovlari. Mamlakatni 10 yil boshqargan Mixail Saakashvili ketma-ket uchinchi muddatga saylana olmasligi bois hokimiyatga yangi rahbar kelishi kutilmoqda. 23 nomzod orasida hukmron partiyadan vakil Giorgiy Margvelashvilining prezidentlikka saylanish uchun imkoniyatlari yuqori.
Saakashvili esa o’zidan keyin parlament sobiq spikeri David Bakradzeni bu lavozimda ko’rishni istaydi. Amaldagi prezidentni hokimiyatga keltirgan Atirgullar inqilobi yetakchilaridan biri, parlamentning yana bir sobiq spikeri Nino Burjanadze ham nomzodlar orasida bor.
O’tgan yili parlament saylovlarida Saakashvilining partiyasini (Birlashgan milliy harakat) mag’lub etgan "Gruziya orzusi" koalitsiyasini yetakchisi, hozir esa bosh vazir Bidzina Ivanishvili tashabbusi bilan siyosiy islohotlar o’tkazilib, Gruziya parlament tizimiga o’tishi kutilmoqda. Ya’ni prezident vakolatlarining bir qismi bosh vazirga o’tadi. Ivanishvili kelasi oy lavozimidan ketishini bildirib, o’z o’rniga loyiq arbob nomzodini ko’rsatishini aytgan.
Gruziyadagi uch nodavlat tashkilot xulosasiga ko’ra, prezident saylovlari kampaniyasida o’tgan yilgi parlament saylovlariga qaraganda qonun 80 foizga kamroq buzilgan.
Bugungi poygani minglab xorijiy va mahalliy mutaxassislar kuzatmoqda.