Gruziya muxolifati oktabrgacha namoyish qilmoqchi

  • Amerika Ovozi

Gruziyada xorijiy agentlar haqidagi qonunga e’tiroz bildirayotgan fuqarolar 26-oktabrga belgilangan parlament saylovlarigacha norozilik namoyishlarini susaytirmaslikka so’z beryapti.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 13-iyun, 2024-yil


Namoyishchilar politsiya zulmidan shikoyat qilmoqda.

“Kurashni davom ettirishimiz kerak. Gruziya o’zgarib ketdi, Rossiya tomon burilyapti. Kurashimizni hozir to’xtatsak, qo’rqib uyda o’tirsak, erkin Gruziyadan ayrilamiz”, - deydi yaqinda kaltaklangan faollardan biri.

Yaqinda qabul qilingan qonunga ko’ra, byudjetining 20 foizidan oshig’ini xorijdan olayotgan tashkilotlarga “xorijiy agent” maqomi beriladi. Tanqidchilar uni Rossiyadagi o’xshash qonunga qiyoslaydi.

“Qiziq, davlat byudjeti shaffof bo’lishi kerak, ammo nega endi xorijiy manbalardan kelayotgan pul shaffof bo’lmasligi kerak”, - deydi qonun loyihasiga ovoz bergan deputat Fridon Injiya.

AQSh va Yevropa ittifoqi qonunni qoralab, Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish harakatlariga to’siq deb atadi. Vashington gruziyalik ayrim qonunchilarni qo’ra ro’yxatga qo’shdi.

“Oktabrda saylov bo’ladi. Namoyishlar o’shangacha davom etadi. Maqsadimiz 30 yil oldin bo’lgani kabi fundamental o’zgarishlarga erishish. Ya’ni suverenitetimiz va erkinligimizga qsrshi bo’lgan dushmanga xizmat qilayotgan hozirgi hukumatdan qutulish”, - deydi muxolif “Yevropacha Gruziya” partiyasining raisi Giga Bokeriya.

Xorijiy agent haqidagi qonun loyihasi parlamentga kiritilishidan oldin o’tkazilgan ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, gruzinlarning 80 foizi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish tarafdori.