Germaniya politsiyasi Berlinda ikki kishini Suriyadagi "Islomiy davlat" jangari guruhi uchun odam yollaganlik gumoni bilan hibsga olgan.
Politsiyaning bildirishicha, bu shaxslar bugungi maxsus amaliyotlar paytida qo'lga olindi. Reydlarga 200 dan ziyod ofitser jalb qilingan.
"Berlin va Brandenburg shaharlarida 12 obyektni tintuv qildik", - deydi rasmiylar.
"Ushlangan shaxslar terrorchilarni moliya va logistika bilan ta'minlab turgan. Yana besh kishi so'roq qilinmoqda", - deydi Germaniya mutasaddilari.
Guruh yetakchisi, 41 yoshli Ismet D deya tilga olinayotgan shaxs asosan turk va ruslarni yollab, Suriyaga jo'natishga hozirlik ko'rayotgan bo'lgan.
Ikkichisi 43 yoshli Emin F ekani, moliya uchun mas'ul bo'lgani aytiladi.
Politsiyaning bildirishicha, bu shaxslar Germaniyaning o'zida xurujlar rejalagani haqida dalillar yo'q.
Tergov bir necha oydan beri davom etgan va reydlar anchadan beri ko'zlab kelingan.