Eshton Karter Guantanamo yopilishi tarafdori

  • Amerika Ovozi

Bu turmada 116 nafar mahbus saqlanmoqda. Ular AQShning al-Qoida va boshqa jangari guruhlarga qarshi kurashi davomida ushlangan. Shulardan yarmi nihoyatda xavfli shaxslar hisoblanadi.

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida o'tirgan mahbuslarni ko'chirish rejasini to'liq qo'llab-quvvatlamoqda.

Karter Kongressdagi har ikki partiya bu borada murosa tomon yurayotganidan mamnun.

Amerika qonunlariga ko'ra, Guantanamodagi mahbuslar qayerga ko'chirilishini eng oxiri mudofaa vaziri ma'qullashi kerak. Mahbuslar AQShdagi qamoqxonalarga joylashtirilishi kutilmoqda.

Pentagon matbuot kotibi, kapitan Jeff Deyvisning aytishicha, Mudofaa vazirligi Guantanamoni yopish rejasini Kongressga qonunchilar yozgi ta'tildan qaytganidan so'ng taqdim etmoqchi. Prezident Obama bu qamoqxonani yopishga urinib keladi, biroq muxolifatning e'tirozi va mahbuslarni qayerga ko'chirish noaniq qolayotgani bunga to'sqinlik qilmoqda.

Bu turmada 116 nafar mahbus saqlanmoqda. Ular AQShning al-Qoida va boshqa jangari guruhlarga qarshi kurashi davomida ushlangan. Shulardan yarmi nihoyatda xavfli shaxslar hisoblanadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Guantanamo yopiladimi?

Your browser doesn’t support HTML5

Guantanamodagi mahburlarga doir maxfiy hujjatlar: Asirlar taqdiri va qamoqxona kelajagi